Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Bolaning psixik taraqqiyotini ijtimoiy muxit va undagi shart-sharoitlar belgilashini aks ettiruvchi nazariyalar


Download 1.53 Mb.
bet44/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

Bolaning psixik taraqqiyotini ijtimoiy muxit va undagi shart-sharoitlar belgilashini aks ettiruvchi nazariyalar
Neofreydizm oqimining yirik vakillari Karen Xorni (1885-1953), G.Salliven (1892-1949), Erix Fromm(1900-1980)larning fikricha, odam psixikasining shakllanishi va rivojlanishiga ishtimoiy shart-sharoitlar va shaxslararo munosabatlar ta`asir ko’rsatadi.
O’tgan asrning yigirmanchi yillarida Karen Xorni Berlinda amalyotchi psixoanalitik sifatida faoliyat olib borar va o’zida ma’lum ma’noda marksistik g’oyalarni his etib turardi, lekin Xorni marksistik dunyoqarashning xaqiqiy moxiyatini unchalik tushuna olmaydi. Shunga qaramay marksistik nazarya bilan tanishish izsiz yo’qolib ketmaydi, Xorni biologik mayllarni Freydga xos bo’lgan iqtibosini tanqid qilib ijtimoiy omillarning ro’lini oshirishga harakat qiladi.
30-yillarning boshlarida G’arbiy Yevropaning bir guruh analitiklari AQSHga ko’chib o’tishadi. Bu davr imperializmning jahon tizimidagi ulkan silsilalar davri bo’lib qoldi, Germaniyada xokimyat tepasiga fashistlar keldi.
Butun kapitalistik dunyodagi sinfiy va g’oyaviy qarama-qarshiliklar o’ta xavfli nuqtaga yetib chiqdi, ijtimoiy-siyosiy vaziyat psixik faoliyatni o’rganishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarga yangi istiqbolli yo’nalishlar ochib berdi.
Jamiyatdagi ijtimoiy fikrlar va insoniy munosabatlarni o’rganishning empirik yo’liga o’tgan ijtimoiy psixologiya tez sur`atlarda rivojlana boshladi.
Kishilarni o’rganish amaliyoti (nevrotik buzulishlardan ozor chekkanlar uchun ham), ularning ruhiyatidagi jarohatlar bolalikdagi jinsiy mayillarning siquvga olinishi natijasi emas, balki fashizm va iqtisodiy inqiroz tufayli yuzaga kelgan xavf-hatar hosilasi ekanligidan darak berardi. Psixoanalitiklar ko’z o’ngida o’tgan asir oxirlarida Breyr va Freyd mijozlari azob chekkan nevrotik buzulishlardan farqlanuvchi boshqa simptomlar namoyon bo’la boshlaydi.
Karen Xorni Amerika psixoanalitik institutini tashkil etdi va qator kitoblar (“Bizning davrdagi nevrotik shaxs” (1937), “Bizdagi ichki nizolar” (1945), ”Nevrozlar va odamning rivojlanishi”(1950))ni nashrdan chiqardi va shu orqali Freydning biologik yo’nalishini tanqid ostiga oldi.
Nevrozlarning vujudga kelish sabablarini ochib berish uchun, deb ko’rsatadi Xorni, - ijtimoiy voqelikka(ijtimoiy muxit) murojaat etish kerak.
Barcha nevrotiklarga reaksiyalarning rigidligi (yangi sharoitga tezda moslasha olmaslik) xos bo’lib, mavjud imkoniyatlar va real muvaffaqiyatlar o’rtasida uzilish mavjuddir. Ushbu simptomlarning manbasi Edip kompleksi emas, balki oldindan his etilgan xavotirlik tuyg’usidir. U bu foniy dunyoda o’zini yog’iz va yordamga muhtoj holda his etayotgan bolalarda paydo bo’ladi.
Agar ota-onalar o’z farzandlarini begona kishilar tazyiqidan o’z mehr-muhabbati orqali muxofaza etmas, xavotirlik xissi ortib turg’unlik kasb etadi. Qo’rquv xissidan ozod bo’lish va xavf-hatarsiz hayotga bo’lgan ehtiyoj – odam xulq –atvorini harakatga keltiradi.
Freyd yozgan jinsiy buzulishlar va tajovuzkorlik tendensiyasi, Xorni fikricha nevrozning sababi emas, balki uning natijasi xisoblanadi.
Xavotirlanish xissi, undan ximoyalanish vositasi sifatida ayrim nevrotik ehtiyojlarni paydo qiladi, ulardan eng muhimlari – odamlarga qarab yurish, odamlardan uzoqlashish va odamlarga qarshi yurishdir. Individ xulqida u yoki bu vector(yo’nalish)ning ustunlik qilishi natijasida nevrotik shaxs shakillanadi.
Individ va uni o’rab turgan ijtimoiy muhit orasidagi o’zaro munosabatlar tizimida yuzaga keladigan ziddiyatlarning hal etilishiga ijobiy ruhda qarash mumkin, chunki shaxslararo munosabatlarga ta’sir ko’rsatish, xulqning genetik determinantlariga ta’sir etishdan ko’ra osonroq kechadi.
Ijtimoiy omillarga murojaat etish, Edip kompleksi va jinsiy mayillar g’oyasidan voz kechish – Freyd nazariyasi bilan tamomila aloqani uzishga olib kelardi, lekin nima uchundir Xornining qarashlari neofreydizm deb baholandi.
Gap shundaki, bir tomondan individ va unga begona ijtimoiy boqrliq, ikkinchi tomondan individ xulq-atvoriga oid motivlarning ongsizlikka xos tabiati kabi Freyd nazariyasiga oid qarashlar shaxsning o’zidagi yashirin komplekslarni anglashga undar edi.
Freydizm oqimi vakillaridan yana biri E.Fromning ishlari ham kapitalistik dunyo ziyolilari o’rtasida katta ommaviylikka erishdi.
E.Fromm 1933-yilda AQSHga ko’chib o’tib, Chikago psixoanaliz institutida, so’ngra 1951-yilda Meksikada ishlaydi. Freyd tomonidan xulqining yagona dvigateli (xarakatlantiruvchi kuchi) biologik kuchlar deb baholangan bo’lsa, Frommning uqtirib o’tishicha, hamma uchun umumiy bo’lgan ochlik, tashnalik, jinsiy mayllar kabi ayrim ehtiyojlar mavjud, lekin odam xarakteridagi farqlarni yaratuvchi ehtiyojlar: sevgi va nafrat, xokimiyatga intilish va unga bo’ysunish, xissiy qoniqishdan rohatlanish va undan qo’rqish - ijtimoiy jarayonlar xosilasidir. Odamning nafis, gozal va bebosh tuyg’ulari unga tabiatan berilmagan, balki odamning o’zini kashf etuvchi ijtimoiy jarayon natijasidir.
Xayvonot dunyosidan ajralib chiqqan odam, Fromning ta`biricha “mavjudlik dixotomiya”(ekzisensial dixotomiya) quliga aylanadi, u katta imkoniyatlarga ega, lekin o’zining qisqagina xayoti davomida ularni ro’yobga chiqara olmaydi.
Odam jamiyatning bir bo’lagi, lekin u bilan uyg’unlikda yashay olmaydi, chunki uning o’zi aloxida bir jonzotdir.
E.Fromning ko’rsatishicha, Evropa sivilizatsiyasi tarixida o’rta asrlar ijtimoiy xavfsizlik va birdamlik davri sanaladi: har kim ijtimoiy tizimda o’z o’rnini biladi va hech kim yolg’izlikni, boshqalardan ajralib qolishni xis qilmagan.
Renessans va reformatsiya(uyg’onish va islohotlar davri) o’rta asrlardagi stabillik(ma’rom)ni izdan cniqardi. Odam erkinlikni qo’lga kiritdi, ammo ijtimoiy xavfsizligini boy berdi, individning boshqalariga bogliqligi o’ta kuchaydi, uni qanday qabul qilishlari muhim ahamiyat kasb eta boshladi.
Ushbu holatlar erkinlikdan qochish mehanizmlarini paydo bo’lishiga olib keldi: sadizm ,mazohizm, destruktivizm va avtomatik konformizm.
Sadizm - boshqalar ustidan cheksiz hukmronlikka intilishda namoyon bo’ladi.
Mazoxizm - o’zini boshqalarga bahshida etish, itoatkorlik.
Destruktivizm - dunyoni buzish, chunki u menga ziyon etkazishi mumkin.
Konformizm - barcha o’ziga xos betakror narsalarni rad etuvchi ijtimoiy normalarga rioya etish.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling