INDIVIDUAL PSIXOLOGIYA - psixologiya fanidagi yo’nalish. Tushuncha sifatida uch hil ma’noda qo’llaniladi: XIX asr oxirlarida ushbu atama psixologiya yo’nalishini ifodalagan, so’ngra differensial psixologiya nomini olgan, ayrim, alohida olingan buyuk shaxslar (olimlar, yozuvchilar, bastakorlar, davlat arboblari va boshqalar)ni har tomonlama, chuqur o’rganishga qaratilgan tadqiqotlar. Psixoanaliz yo’nalishiga nisbatan tanqidiy yondashuv tufayli, A.Adler (1970-1937) tomonidan asos solingan psixologiya yo’nalishi. Ushbu yo’nalishning tayanch nuqtasi, ayrim individlardagi mavjud noqislik(yetishmovchilik) xolati va uni noqislik xissi (kuchli nevrotik o’zgarishlarda noqislik kompleksi) sifatida boshdan kechirish sanaladi. Ushbu ruhiy xolat va hissiy kechinmalarni individ, turli qoplovchi mexanizmlar yordamida yengib o’tishga xarakat qiladi.
IRRADIATSIYA (lotincha. irradiare - nur sochmoq) - nerv jarayonlari irradiatsiyasi, qo’zg’alish va tormozlanishni dastlabki nerv o’choqlaridan, markaziy asab tizimining boshqa markazlariga nerv jarayonlarining tarqalishi.
INDIVIDUALLIK - alohidalik, o’ziga xoslik. Odamning individ va shaxs sifatida o’ziga xosligi, individuallik tashqi qiyofada, gavda tuzilishida, ifodali xarakatlarda, xarakter xislatlarida, temperament tipida, qiziqish va qobiliyatlarda, extiyojlarda, iroda va xis-tuyg’ularda, ruhiy xolatlarda aks etadi.
INSAYT (inglizcha. tushunish, oydinlashuv, kutilmagan topqirlik) - muammo yechimining birdan oydinlashuvi, tushuncha geshtaltpsixologiya tomonidan muomalaga kiritilgan. Muammoning yechimi ba’zan, yorqin yulduzday yarq etib paydo bo’ladi, Bu holat psixologiyada insayt-oydinlashuv deb ataladi.
INSTINKT (lotincha. Insinctus-uyg’onish) – xayvon va odamga tegishli bo’lgan tug’ma, murakkab, maqsadga muvofiq reaksiyalar (xulq-atvor namunalari) yig’indisi, instinkt nasldan-naslga o’tishi, tabiiy jonzotlarning ma’lum bir turga tegishliligi, tashqi muxitga moslashuvi hamda biologik extiyoj orqali izohlanadi, I.P.Pavlov instinktning shartsiz-reflektor tabiatiga e’tibor qaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |