МЕДИТАЦИЯ (lotincha. meditatio - fikrni jamlash) - Meditatsiya. O’z ruxiy xolati, o’z fikrlari va xis tuyg’ulariga o’zi tomonidan ko’rsatilayotgan ta’sirni boshqara olish. Butun vujudi bilan fikrni bir nuqtaga yo’naltira olish va boshqa diqqatni chalg’ituvchi tashqi (yorug’lik, tovush) va ichki (jismoniy, xissiy zo’riqish) omillarni chetga surib qo’yish. Meditatsiya usullarining asosiy manbasi SHarq mamlakatlaridan Xindiston (yoga) va Xitoy (daosizm) madaniyati sanaladi. SHarq mamlakatlarida meditatsiya o’z-o’ziga ta’sirning asosiy usuli xisoblanadi.
MELANXOLIK (grekcha. melana xole – qora o’t ) - qadimgi yunon olimi Gippokrat ta’limotiga ko’ra, temperament tiplaridan biri, odam tanasida qora o’t suyuqligi ustunlik qiladi deb tasavvur qilinadi. Gippokrat yaratgan tipologiya, ramziy ma’noda xozirgi zamon psixologiyasida ham qo’llab kelinmoqda.
Melanxolik - ichimdagini top, tashabbuskor emas, kamgap, yangi sharoit, yangi odamlardan va ular bilan muomalaga kirishishidan cho’chiydi, har qanday kutilmagan va kuchli ta’sir uni muvozanatdan chiqaradi, dovdiratib qo’yadi. Shu bilan birga melanxolik kuchli xissiy senzitivlik (ta’sirchanlikk)ka ega, boshqa kishilarni yaxshi tushunadi, tabiat, san’at va adabiyotni chuqur xis eta oladi, xissiy kechinmalari chuqur va barqaror, boshqalarga ham befarq emas.
MIYA - umurtqali xayvonlar va odam nerv tizimining bosh organi. Odamlar va xayvonlar psixikasining moddiy asosini markaziy nerv tizimining yuksak qismi xisoblangan bosh miya tashkil etadi. Odam bosh miyasi kishi psixikasining o’ziga xos takrorlanmas, murakkab a’zosi sanalib, u ikkita katta yarim sharlar, miyacha, oraliq miya, o’rta miya va uzunchoq miyadan iborat. Bosh miya bir-biriga bog’langan qismlardan tashkil topgan, uning quyi bo’limi uzunchoq miya bo’lib, u orqa va bosh miyani bog’lab turadi. Uzunchoq miya ustida o’rta miya, miyacha, undan yuqorida oraliq miya joylashgan. Uzunchoq miya nafas olish, qon tomir tizimi faoliyati, ovqat xazm qilish organlari faoliyatini nazorat qiladi, miyacha tana xarakatlarini muvofiqlshtiishda ishtirok etadi. Bosh miya bo’limlari uzviy aloqada bo’lib, yagona, yaxlit tizim sifatida faoliyat ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |