MOTIV (frans. mover - xarakatga keltirish, undash) – motiv, sabab, turtki. Shaxsni muayyan hatti-harakatlarga, faoliyatga undovchi, unga mazmun beruvchi ichki kuch; odamni faoliyatga undovchi asosiy sabab uning ehtiyojlaridir.
MOTIVATSIYA - maqsadga erishishga undovchi motivlar majmuasi. Motivatsiya tuzilma, faoliyatni xarakatlantiruvchi kuchlar majmuasi bo’lib, o’zini mayllar, maqsadlar, timsollar ko’rinishida namoyon etadi va inson faoliyatini boshqarib turadi. Motivatsiya tizimi o’zida ehtiyojlar, motivlar, qiziqishlar, intilishlar, ustanovkalar, qadriyatlarni mujassamlashtiradi.
MALAKA - avval ongli bajarilib, keyinchalik avtomatlashgan xatti-harakatlar nalaka deb ataladi. Malakalar sodda va murakkab bo'lishi mumkin. Maqsadni ko'zlab biron bir ish faoliyatini bajarish malakaga bog'liq, istalgan malakani ish-harakatlarni qayta-qayta takrorlash natijasida hosil qilinadi.
MULOQOT - odamlarning birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan, faollik mobaynida bir-birlari bilan o’zaro munosabatga kirishish jarayonidir. Muloqot yordamida odamlar bir - birlari bilan o`zaro axborot almashadilar, bir - birlariga ta`sir o`tkazadilar, bir - birlarini his qiladilar, bir - birlarini tushunadilar.
NEYROPSIXOLOGIYA - muayyan bir psixik jarayonlarning sodir bo’lishini ta’minlaydigan neyron tarmoqlarini o’rganuvchi psixologiyaning maxsus sohasi.
NUTQ - odamlarning til vositasi yordamida aloqa qilishining ijtimoiy-tarixiy tarkib topgan shakli, nutq faoliyati muloqotda tildan foydalanish jarayoni.
OBRAZ – obraz, tasvir, siymo. Tashqi olamdagi narsa va xodisalarning inson ongida aks etishini ifodalab beruvchi atama.
OPTIMIZM (lot. optimum – eng yaxshi) – tetiklik, kelajakga ishonch ko`zi bilan qarashdan iborat ijobiy xarakter hislati yoki emotsional holat.
OLIGOFRENIYA (yun.oligos - kam, oz miqdorda, phren-aql) – embrionning onani xomiladorlik davrida taraqqiyotni buzilishi natijasida sodir bo’ladigan tug’ma aqli zaiflik, psixik funksiyalarning yetarli darajada rivojlanmaganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |