GLOSSARIY
ABULIYA (yun.abulia-qatiyatsizlik, juratsizlik) – abuliya, irodasizlik. Ma`lum bir psixopatologik sabablarga ko’ra irodaning zaiflashuvi yoki kuchsizlanishida namoyon bo’ladigan ruhiy holat.
AGNOZIYA (yunon. A-inkor yuklamasi, gnosis-bilim, bilish) – agnoziya. Bosh miya katta yarim sharlari qobig’idagi ba’zi nerv markazlarining zararlanishi natijasida ko’rish, eshitish hamda teri-tuyish idrokining buzilishi.
AGRAFIYA (yunon. a - inkor yuklamasi, graho - yozaman) – agrafiya. Yozuvda bog’in va harflarni almashtirib yuborish, qoldirib ketish yoki ularni bir-biriga qo’sha olmaslikdan iborat nutq kamchiligi, yozuv qobilyatining qisman yoki to’liq yo’qolishi A. kattalarda bosh miya qobig’i faoliyatining buzilishi, bolalarda esa duduqlik natijasida kelib chiqadi.
ADAPTATSIYA (lot.adaptatio - moslanmoq, sozlanmoq) – adaptatsiya, moslashish. Sezgi organlari(analizatorlar)ning ta’sir kuchiga moslashishi natijasida muayyan sezgirlikning o’zgarishi. Adaptatsiya hodisasida sezgirlik, ortish tomoniga ham kamayish tomoniga ham o’zgarishi mumkin; kuchli ta’sirotdan kuchsiz ta’sirotga o’tganda sezgirlik ortadi, aksincha bo`lsa sezgirlik kamayib boradi.
ADEKVAT AKS ETTIRISH (lot.adaequatus - tenglashtirilgan) – ob`yektiv voqelikdagi narsa va hodisalarni ongimizda sezgi, idrok, tasavvur yoki tafakkur kabi bilish jarayonlari orqali to’liq aks ettirilishi. Ongimizdagi mavjud obrazlarning aks ettirilayotgan narsalarga aynan mos, o’xshash bo’lishi.
AKKOMODATSIYA (lot.accomodatio-moslashuv, kelishuv) - ko’z gavhari o’zgarishi natijasida ko’zni turli masofadagi predmetlarni to’g’ri idrok qilishga moslashuvi(ko’z gavhari yaqinidagi predmetlar idrok etilganda dumaloq, uzoqdagi narsalarni idrok qilinganda esa yassi shaklga kiradi).
ALTRUIZM (lot. boshqa) – boshqa kishilarga xolisona g’amxo’rlik ko’rsatish, o’z manfaatlaridan voz kechib, boshqa kishilarga yaxshilik qilish.
AMBIVALENTLIK (lot. - har tomonlama kuchga ega) – kishida muayyan bir ob`yektning o’ziga nisbatan, bir vaqtning o’zida paydo bo’ladigan qarama-qarshi xissiy-irodaviy kechinmalar. Masalan, muhabbat va rashk tuyg`usi.
Do'stlaringiz bilan baham: |