Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Download 1.53 Mb.
bet91/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

Tayanch so’zlar: keksayish, keksayishdagi farqlar, nafaqa oldi yoshi, nafaqa yoshi, gerontologiya, gerontopsixologiya, gerontogenez, yetakchi faoliyat, ijtimoiy faollik, keksalik davri inqirozlari.
13.1. Keksayish va keksalik davriga umumpsixologik tavsifnoma
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik, hamjihatlik va bag’rikenglik mustahkam qaror topdi. Jamiyatimizda kattalarga nisbatan hurmat, mehr-oqibat tuyg’ulari insonlar qalbidan chuqur joy egalladi, o’tganlar xotirasini yod etish, bugun safimizda bo’lgan, el-yurt farovonligi va ravnaqi yo’lida xizmat qilib, yoshlarga saboq bergan ustozlar va piru-badavlat keksalarimizni e’zozlash insoniy qadriyatlarimizdan biriga aylandi.
Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbuslari bilan 2015 yilni mamlakatimizda “Keksalarni e’zozlash yili” deb nomlandi, shu munosabat bilan qabul qilingan Davlat dasturi doirasida urush va mehnat fayriylari, yoshi ulug’ insonlarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash ko’lamini kengaytirish, tizimli asosda sog’lomlashtirish kabi hayrli ishlar amalga oshirildi.
Birinchi Prezidentimizning 2015 yil 14 aprelda qabul qilingan “Keksalarni ijtimoiy ximoya qilish va moddiy qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoni keksalik yoshidagi faxriylarimizga qo’shimcha rag’bat va juda katta ruhiy madad bo’ldi. Bugungi kunda mamlakatimizda 60 yoshdan oshganlar soni 2 million 873 mingdan ko’proq kishini tashkil etadi. Mustaqillik yillarida xalqimizning o’rtacha yoshi 1990 yildagi 67 yoshdan 73,5 yoshga, ayollar o’rtasida 75,8 yoshga yetdi. Ayni paytda yurtimizda 225 ming nafar 80 yoshdan, 44 ming nafar 90 yoshdan, 8 ming 700 nafar 100 yoshdan oshgan tabarruk otaxon va onaxonlar istiqomat qilishadi.
Keksayish davrini shartli ravishda 55(60) yoshdan 70(75) yoshgacha deb olishimiz mumkin, ya`ni aynan shu yoshdan boshlab nafaqaga chiqish, mehnat faolyatini davom ettirish yoki yakunlash masalasi hal etiladi. Bu davrdagi kishilar o’zining ijtimoiy faolligi, ruhiyati va shaxslararo munosabatlar tizimidagi maqomi tufayli boshqa yosh davrdagilardan ajralib turadi. Mazkur yoshdagilarni nisbiy ravishda ikkita katta guruhga ajratish mumkin:

  • mutlaqo iste`foga chiqqan, ijtimoiy faol bo’lmagan erkaklar va ayollar;

  • nafaqaga chiqqan, lekin ijtimoiy hayotning u yoki bu sohalarida faoliyat ko’rsatayotgan erkaklar va ayollar.

Ushbu yoshdagi kishilarning boshdan kechiradigan hissiy kechinmalari ularning yashash tarziga muvofiq holda namoyon bo’ladi:

  • barqaror kayfiyat, xotirjamlik tuyg’usiga ega bo’lgan, o’zining qadr-qimmatini saqlay oladigan, izzattalab erkaklar va ayollar;

  • osoyishta xulq-atvorli, oila muhitining sardoriga aylangan, tabiat va jamiyat go’zalliklaridan bahramand bo’layotgan, ijtimoiy faoliyatdan qariyb uzoqlashgan, qarilik gashtini surayotgan kishilar.

Mazkur yoshdagilarning ayrimlari moddiy boylik yig’ish va uni ma`naviy dunyoga uyg’unlashtirishga intilsalar, boshqalari to’plangan moddiy boylikdan qanoat hosil qiladilar, shukronalik tuyg’usini his qiladilar, qolgan umrini xotirjam, zahmat chekmay o’tkazishga qaror qiladilar. Ba`zan yuzaga keladigan inqirozli vaziyatlar mana shu omillarning ko’rsatgan ta`siri tufayli sodir bo’ladi.
Keksayish davrida organizmning zaiflashuvi, psixik jarayonlarda aks etadigan o’zgarishlarga olib keladi. Ruhiy keksayish alomatlari ayollarda ertaroq paydo bo’ladi. Erkak va ayollar o’rtasidagi farqlar borgan sari yaqqol ko’zga tashlana boshlaydi. Bu farqlar bilish jarayonlarida (sezgi, idrok, xotira, tafakkur), ma`naviy-axloqiy sohada (fahm-farosat, hushyorlik, hozirjavoblik, topqirlik) va aql-zakovatda (bilim, tajriba, mahorat) o’z aksini topadi.
Ayollarning zaifa deb nomlanishi ham bejiz emas, chunki jismoniy zaiflikdan tashqari boshqa ruhiy kechinmalarda ham beqarorlik sezilib turadi (ko’z yoshi to’kish, qayg’uga berilish, g’am chekish, o’kinch, iztirobga tushish v.b.). Ayollarning tabiiy azoblanish xolatlari (tug’ish, bola tarbiyasi), ijtimoiy vazifalari (oila tashvishi va yumushlari, farzand tarbiyasi), mehr-muhabbatga mutojligi, nozik qalbining tashqi qo’zg’atuvchilarga tez javob berish xususiyati, qarish alomatlarining ertaroq ko’zga tashlanishiga olib kelishi mumkin (asab tizimidagi o’zgarishlar, hissiy-irodaviy zo’riqishlar, ruhiy tanglik holatlari).

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling