Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Yetuklik davrida mas’uliyat va ijtimoiy faollik sohasini kengayishi


Download 1.53 Mb.
bet89/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

12.5. Yetuklik davrida mas’uliyat va ijtimoiy faollik sohasini kengayishi
Psixofizologiyada xronologik va biologik yosh farqlanadi.
Xronologik yosh - odam yoki boshqa jonzotning dunyoga kelishi, tug’ilishidan boshlanadigan vaqtning xisobini ko’zda tutadi.
Biologik yosh - odamning jismoniy o’sishi va rivojlanish pallasi, deb e’tirof etiladi.
Taniqli sotsiolog I.S.Konnning fikricha, yosh davrlari quyidagi uch tizim asosida belgilanadi:

  • individual rivojlanish qonuniyatlari (psixologik-biologik o’lchamlar asnosida yuzaga kelgan imkoniyatlar);

  • jamiyatning yoshga doir talab va me’yorlari ( har bir avlod vakillari uchun ijtimoiy – madaniy normalar);

  • ijtimoiy, madaniy-ma’rifiy qadriyatlar sifatida e’tirof etilgan ramziy yosh (o’zaro munosabatlar, hulq-atvor, tashqi qiyofa sohasidagi ijtimoiy xolatlar yig’indisi);

“Katta odam” tushunchasini turli – tuman qirralarida talqin etish mumkin. Shaxs tushunchasi, fanda ko’pchilik tamonidan qabul qilingan ”individ” , “shaxs” , “sub’ekt”,” individuallik” kabi atamalar bilan izoxlanadi.
Individ - ( lotincha, individuum-bo’linmas) – odam zotining vakili, tabiiy zotga mansublik.
Shaxs - hamkorlikdagi faoliyat va muloqot jarayonidagi ijtimoiy munosabatlar tizimida egallanadigan ijtimoiy rol egasi.
Sub’yekt - (lotincha, subectum - asosda turuvchi) – bilish va predmetli- amaliy faoliyat egasi, ongli, maqsadga yo’naltirilgan faollik manbai.
Individuallik - konkret odamning individ, shaxs, sub’yektga oid birlashuvi, o’ziga xosligi, qaytarilmasligi va betakrorligi.
Ko’p qirrali zot misolida, katta odam fizologik, ijtimoiy –psixologik va mazmundorlik jihatiga ko’ra jamiyat taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shish qobiliyatiga ega:

  • tabiiy( avlodlarni davom etirish);

  • tarixiy – ijtimoiy (ishlab chiqarish va jamoatchilik faoliyatida qatnashish);

  • madaniy (madaniy tajribalarni saqlash, yetkazib berish va yanada boyitish.);

  • ma’naviy (insoniyat to’plagan ma’naviy merosni o’zlashtirish, uni yuksaltirish).

Kattalik dunyosini xis qilish, tabiiy va ijtimoiy olamda o’z o’rnini anglash orqali ifodalanadi, kattalikni hayot faoliyatining muhim sifati deb belgilash mumkin. Kattalik hayotning ma’lum bir davrigina emas, balki amalga oshirilgan ishlar uchun ma’suliyat va javobgarlik xissi hamdir, bunda ta’lim yoki o’qitishning o’rni beqiyos sanaladi.
Zamonaviy dunyoda axborot oqimining kuchayganligi, kishilarning o’zaro hamkorlikdagi faoliyati o’qitishni davomiy va izchil tarzda tashkil etish hayotiy zaruriyat ekanligidan darak beradi. Hayot faoliyatining turli bosqichlarida kishilarga bir – biriga o’hshash talay vazifalar yuklatiladi:

  • tabiiy zot sifatida o’zini saqlashi va rivojlantirishi(hayotning davomiyligi, salomatlik, nasl qoldirish);

  • ijtimoiy, madaniy, ma’naviy va faol shaxs sifatida o’zini ruyobga chiqarish(mexnat bozoriga moslashish va o’z o’rnini topa olish, madaniyatni o’zlashtirish, ma’naviy yuksalish);

  • inson o’z hayoti va faoliyati davomida shunday o’zgarishlarga duch keladi-ki, mazkur holatlar barcha uchun umumiydir;

  • yoshga doir muammolar ( yosh inqirozlari, gormonal o’zgarishlar davri);

  • ta’lim olishning almashinib borishi (bog’cha tarbiyalanuvchisi, o’quvchi, talaba va xokazo);

  • oiladagi rollarning almashinuvi( bolalar, nabiralar, er –xotin, ota – ona , xola, amaki, qaynota – qaynona, bobo – buvi va boshqalar);

  • ekzisensial inqirozlar(hayot mazmunini qidirish);

  • ijtimoiy, psixologik va stressli vaziyatlar( ishning o’zgarishi, boshqa joyga ko’chish, xorijga chiqish, yaqin kishilarning vafot etishi, nafaqaga chiqish va xokazo);

  • ijtimoiy funktsiyalarni bajarish(armiyada xizmat qilish, xukumat idoralarida xizmat qilish);

  • ahloqiy muammolarni hal etish( yaxshilik va yomonlik, mehr va muruvvat, burch xissi va boshqalar).


Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling