Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Download 1.53 Mb.
bet86/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

Tayanch so’zlar: kasbiy faoliyat, kasbiy yetuklik, rivojlanishning ijtimoiy vaziyatlari, oilaviy hayot, yetakchi faoliyat, inqirozli xolatlar, “retrospektiv - men”, biologik yosh, xronologik yosh.
12.1. Yetuklikning umumpsixologik tavsifnomasi. Yosh chegarasi.
Yetuklik davrining birinchi bosqichi. Ushbu davrning dastlabki bosqichini shartli ravishda 30 yoshdan 40-45 yoshgacha olish mumkin.
Yetuklik davrida odam o’zining barcha kuch-quvvati, qobiliyati, aql-zakovati, ichki imkoniyatlarini o’z kasbiga, ijtimoiy faoliyatiga, jamoat ishlariga to’la safarbar qila oladi. Ushbu yoshda erkak va ayollarning mehnat va ijtimoiy faoliyatda muayyan tajribaga ega ekanligi, kasbiy mahorat sirlarini egallashdagi muvaffaqiyatlar sari yetaklaydi. Yetuklik yoshiga qadam qo’ygan shaxsning boshqalarga munosabati, ularni baholashida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi. Ushbu yoshdagi kishilar faqat o’zining emas, balki boshqa odamlarning xatti-harakatlari uchun ham mas`ulligi va javobgarligini anglab yeta boshlaydi, ayniqsa, hali hayot tajribasiga ega bo’lmagan yoshlarning, o’z farzandlarining xulq-atvori, yurish-turishi, qadriyatlari uchun ham jon koyitadi, ularga imkoniyati boricha yordam berishga intiladi.
Boshqa yosh davrlaridagi kabi mazkur davrda ham muayyan darajada inqirozli xolatlar bo’ladi, bu davrda inson qanday ishlarni amalga oshirganligi, qaysi imkoniyatlardan foydalana olmaganligi, ayrim xatoliklar, tushunmovchiliklar sababli ko’ngilsizliklar vujudga kelganligini yanada teranroq anglay boshlaydi.
Shaxsning o’ziga-o’zi hisob berishi, mazkur yoshning muhim psixologik xususiyatlaridan biridir. Organizmdagi ayrim o’zgarishlar, umrning tez o’tishi kishini qattiq tashvishga va iztirobga soladi, shuning uchun bundan keyingi hayotining har bir daqiqasidan unumli foydalanishga qaror qiladi, ba`zi xollarda, ayrim orzu-istaklarini amalga oshirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarning yetarli emasligi uning ruhiyatida «turg’unlik» hissini yuzaga keltiradi.
Yetuklik bosqichida jismoniy, ijtimoiy va aqliy imkoniyatlardan to’laroq foydalanish ko’nikmasi paydo bo’ladi, ushbu xolat jismoniy va aqliy zo’riqish, affektiv kechinmalar, asab tizimida ro’y beradigan salbiy o’zgarishlar hisobiga emas, balki olinga bilim, egallangan malaka va mahorat asosida ro’y beradi.

Mazkur yoshda shaxsiy hayotdagi yutuqlar yoki muvaffaqiyatsizliklar kishining ruhiy olamiga kuchli ta`sir etadi. Hayot davomida erishilgan yutuqlar girdobida ayrim kishilarda takabburlik, mag’rurlik hislari paydo bo’ladi, o’zini boshqalardan ustun qo’yish uchraydi yoki aksincha, hayot tashvivshlari ularda atrofdagi odamlar taqdiriga nisbatan loqaydlik tuyg’usini vujudga keltiradi.
Hayotiy tajribaning ortishi, oila a`zolari, tengdoshlari, mehnat jamoasi a`zolarining ijobiy ta`siri, ayrim yo’qotishlar yoki aksincha muvaffaqiyatlar orqali har ikki ko’rinishdagi ruhiy xolat asta-sekin muayyan yo’nalishga tushib oladi.
Umuman olganda, bu yoshdagi odamlar istiqbol rejasi bilan yashashga harakat qiladilar, voqelikka, turmush ikir-chikirlariga, tabiat va jamiyatdagi o’zgarishlarga befarq qaramaydilar, imkoni boricha xotirjamlik, totuvlik, tinchlik, do’stlik, dunyo ne`matlaridan oqilona foydalanish tuyg’usi bilan yashaydilar.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling