mutaxassislik bilan bog’liq o’ziga xos qiyinchiliklar: ishlab chiqarish sohasi, yangi texnologiya, qurilmalar to’g’risidagi bilim, ko’nikma va malakalarning yetarli emasligi, kasbning iqtisodiy negizini to’la anglab yetmaslik, sohaga doir turli muammolar oldida ojizlik qilish.
Mutaxassislik bo’yicha yuzaga keladigan qiyinchiliklarni yengib o’tish davrida shaxsning bilish jarayonlarida miqdor hamda sifat o’zgarishlari ro’y beradi.
Ziyolilarda ilmiy faoliyatning o’aish dinamikasini tadqiq etgan Z.F.Esareva, uning boshlanishi matematiklarda 18-23, fiziklarda 24-27, biologlarda 25-31, psixologlarda 27-30, tarixchilarda 27-32, filologlarda 28-33 yoshlarni tashkil etishini ko’rsatib o’tadi. Yoshlarning ijtimoiy hayotdagi faol ishtirokini o’rgangan V.Shevchuk ijtimoiy faoliyatga kirishishning eng yuqori cho’qqisi 25 yosh ekanini aniqlab, ushbu holat odamlarning 45,4 foizida bo’lishini ma`lum qiladi. Uning fikricha, qolgan yosh davrlarida insonning jamoatchilik faoliyati nisbatan juda kichik birlikni tashkil qilar ekan, hatto, u 45 yoshda 3 foizga teng bo’ladi.
23-28 yoshgacha bo’lgan davrda bir qator psixik funksiyalar darajasining o’zgarishi, takomillashuvi yuz beradi, fazoviy tasavvur, bilish darajalari: diqqat va idrokning yaxlitligi ortadi, xotira, anglash va ijodiy hayol o’sib boradi.
Yoshlik davrining ilk pallasida shaxs kamolotida yuzaga keladigan ijtimoiy-ruhiy yangilanishlar
Hayot mazmuni va qadriyatlar tizimining namoyon bo‘lishi
Yoshlik davrida yigit-qizlarning shaxs sifatida ulg’ayishida quyidagi muhim psixologik mexanizmlar jiddiy ta`sir ko’rsatadi:
mehnat jamoasi - mehnat jamoasidagi psixologik iqlim, ma`naviyat olami, ijtimoiy ong, ijtimoiy-ahloqiy qadriyatlar, muayyan an`analar va odatlar yangi a`zoning xarakterida ijobiy yoki salbiy o’zgarishni vujudga keltirishi mumkin. Mehnat jamoasiga yangi qo’shilgan a`zo, jamoada o’z o’rni va qadr-qimmatini qaror topishi uchun tinmsiz harakatda bo’ladi. Mehnat jamoasidagi ijti,oiy-psixologik iqlimga moslashish maqsadida ichki ruhiy ziddiyatlarga, murakkab hissiy kechinmalarga dosh berishi talab etiladi. Shaxsning xarakterini shakllantiruvchi asosiy omil mehnat jamoasidagi ijtimoiy fikr sanaladi, jamoa tartib-qoidalariga bo’ysunish har bir a`zoning burchi hisoblanadi. Ayrim hollarda ko’pchilikning tazyiqiga uchragan shaxsda mustaqil fikrlash susayib, ikkilanish. tuyg’usi paydo bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |