Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Takrorlash va muhokama uchun savollar


Download 1.53 Mb.
bet81/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

Takrorlash va muhokama uchun savollar:

  • O‘spirinlik davrini tavsiflab bering?

  • Ilk o’spirinlik davridagi ruhiy va ijtimoiy o’zgarishlar?

  • O’spirinlik yoshining hayot yo‘li tizimidagi o‘rni?

  • O‘spirinlik davrida ahloqiy qarashlarning shakllanishi?

  • O’spirinlik yoshida aqliy taraqqiyotning kechishi?

  • O‘spirinlik davrida shaxsning rivojlanish xususiyatlari to’g’risida ma`lumot bering?

  • Mazkur davrda “Men-siymosi” va o‘zini-o‘zi anglashning shakllanishi?

  • O‘spirinlik davrida ijtimoiy faollik namunalari?



XI bob. Yoshlik davri


  • 11.1. Yoshlik ijtimoiy-tarixiy kategoriya sifatida.

  • 11.2. Yosh chegaralari. Yoshlik davrida shaxsning rivojlanishi.

  • 11.3. Hayot mazmuni va qadriyatlar tizimining namoyon bo‘lishi.

  • 11.4. Yoshlik davrida ijtimoiy faollik.

  • 11.5. Yoshlik davri inqirozi.

Tayanch so’zlar: ijtimoiy va ruhiy kamolot, yosh chegaralari, ijtimoiy qiyinchiliklar, mustaqillik,qadriyatlar tizimi, ijtimoiy yetuklik, ijtimoiy-kasbiy kompetentlik, ijtimoiy faollik, yoshlik davri inqirozlari.

    1. Yoshlik ijtimoiy-tarixiy kategoriya sifatida

Rivojlanishni(jismoniy, psixik, ijtimoiy taraqqiyot) yosh davrlariga ajratgan xolda o’rgangan ko’plab tadqiqotchilar(L.S.Vigotskiy, D.B.Elkonin, J.Piaje va boshqalar) o’spirinlik yoshi, ya`ni balog’atga yetish davrida yakunlaganlar. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, kattalar olamini aks ettiradigan yosh davrlari ham tahlil etila boshlandi, bunga bir qator omillar zamin yaratib berdi:

  • Hayot davomiyligining ortishi, o’rtacha umr ko’rishning uzayishi;

  • Kasbiy yetuklikka erishish davrining uzayganligi;

  • Moddiy va maishiy ta`minotning yaxshilanishi tufayli ijtimiy faol hayot tarzining yuzaga kelishi, qulay yashash sharoiti;

  • Ijtimoiy sohaning izchil kengayib borishi;

  • Kattalar hayot tarzi va ularning oilasi bilan ish olib borish zarurati;

  • Keksalik yoshidagi odamlarning ruhiy va ijtimoiy faolligi.

Ijtimoiy va ruhiy kamolot nuqtai-nazaridan yoshlik, asosiy va eng qadrlanadigan davr hisoblanadi. Yoshlarning hayot tarzi, ularning faolligi, xulqi va madaniyati, butun bir jamiyatning ko’zgusi sanaladi, butun diqqat-e`tabor mazkur avlod vakillariga qaratiladi, siyosiy partiyalar, tadbirkorlar va san`at arboblari o’z yonalishlarini aynan ushbu qatlamning fikriga ko’ra belgilaydilar.
Yoshlik davri haddan ziyod quvvatga to’la yosh bo’lib, bir qator sohalarda mahorat ko’rsatish imkonini beradi, charchoq xolatlari ko’zga tashlanmaydi. Odam yoshlik davrida ijodkorlikka moyil bo’ladi, tevarak atrofni va albatta o’z-o’zini o’zgartirishga, hayotga yangicha ruhiyat bag’ishlashga qodir bo’ladi. Yosh yigit-qizlar sog’lom, kuch-g’ayratga to’la bo’ladi, har qanday ishni bajarishga o’zida kuch topa oladi, har qanday to’siq va qiyinchilikni yengib o’ta oladi, o’zlarining g’oyalarini ro’yobga chiqarish tinim bilmay mehnat qiladilar, faqat dastlabki ayrim muvaffaqiyatsizliklarni boshdan kechirish birmuncha qiyinroq kechadi.


    1. Download 1.53 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling