Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich
Attraksiya va yuksak his-tuyg’ular
Download 1.53 Mb.
|
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги
Attraksiya va yuksak his-tuyg’ular
Ilk o’spirinlik o’z qadr-qimmatini bilish, o’zligini anglash, va boshqalarga nisbatan munosabat bildirish tajribasini egallash davri. O’smirlik davri bola qalbida kim bilandir sirlashish, kimnidir o’ziga eng yaqin kishi sifatida tan olish, uni ruhiyatida kechayotgan barcha o’zgarishlardan vofiq etish istagini uyg’otadi. Birinchi marta «do’stlik», «muhabbat», «sevgi » tushunchalari ham aynan shu davrda paydo bo’ladi, yetuklik va keksalik davridagi kishilar ham o’smirlik va ilk o’spirinlik yillarini eng beg’ubor, jozibali va yoqimli davr sifatida xotirlaydilar. Ilk o’spirinlik yoshidagi jismoniy va ruhiy taraqqiyot davrida attraksiya deb atalgan xissiyotning paydo bo’lishi uchun eng maqbul davr xisoblanadi. Attraksiya(lotincha attrahere – yoqimli bo’lish, o’ziga jalb etish, mahliyo qilish) - bu bir insonda boshqa bir insonga nisbatan ijobiy munosabatning yuzaga kelishi asosidagi yoqtirish hissi, yoqish yoki yoqtirish(simpatiya), o’ziga rom etish, bir-biriga o’zaro moyilligini tushuntirib beruvchi hissiy kechinma sanaladi. Tadqiqotlarda bu kabi emotsional munosabatlar aynan balog’at yoshida yuzaga kelishi isbotlangan, attraksiyaning namoyon bo’lishi, uning kuchi va mazmuni, ilk o’spirinlik yoshidagi yigit yoki qizning shaxs sifatida o’zini idrok etishi, o’z-o’zini va boshqalarni hurmat qilishiga bevosita ta’sir ko’rsatar ekan. Do’stlik. Ilk o’spirinlik yoshida paydo bo’ladigan muammoli vaziyatlarni muhokama qilish va hayotiy to’siqlarni yengib o’tish uchun uni tushuna oladigan, maqbul yo’lni ko’rsatadigan do’st zarur bo’ladi. kerak. Ruhiyat ilmi nuqtai-nazari bo’yicha, do’st bu - «alter - Ego», ya’ni uning ikkinchi «Men»i sifatida idrok etiladi va o’sha paytdagi «Men»ning bir qismi sifatida baholanadi. Do’stlik tuyg’isining boshqa intim, emotsional munosabatlardan asosiy farqli tomoni, odatda bir jins vakillari orasida, ma`lum bir talab va istaklar asosida paydo bo’ladi, ushbi hissiyot bir-biriga o’zaro yaqinlik tarzida boshlanadi. Do’stlikning eng muhim shartlaridan biri - o’zaro bir-birini tushunishdir. Qarama-qarshi jins vakillari o’rtasida ham do’stlik bo’lishi mumkin, faqat u ko’pincha hissiy yaqinlik, muhabbat o’rnini to’ldirishga xizmat qiladi. Do’stlarga xos bo’lgan sifatlarga o’zaro hurmat, g’amho’rlik qilish, o’zaro ishonch, muammolarga befarq bo’lmaslik, qo’llab-quvvatlash, mehr kabilar kiradi. Ayniqsa ilk o’spirinlik yoshida do’stga bo’lgan ehtiyoj kuchayadi, yaqin do’sti bo’lmagan odam o’zini juda baxtsiz, nochor hisoblaydi. Agar, kimningdir do’sti unga nisbatan sadoqat ko’rsatmasa, sotqinlik qilsa, uning kutishlariga zid harakat qilsa, ushbu xolat juda kuchli ruhiy iztiroblarni keltirib chiqaradi. Agar ilk o’spirinlikda do’stlik mazmunan ancha yuzaki, bevosita muloqot maqsadlari asosida yuzaga kelgan bo’lsa, yosh ulg’ayishi, turli hayot sinovlaridan o’tishi tufayli mustahkamlanadi va hayotdagi yuksak qadriyatga aylanib boradi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling