Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Download 1.53 Mb.
bet76/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

O‘spirinlik davrida ahloqiy va aqliy taraqqiyot

O’spirinlik yoshini o’rganishga oid ko’plab ilmiy kuzatishlar “Mensiymosi”, “Haqiqiy - Men” va “Ideal - Men” orasidagi o’zaro muvozanatni tadqiq etishga qaratilgan, chunki ushbu xolat o’ta muhim sanaladi. Kattalar olamiga kirish, faoliyat va muloqot jarayonida yetarlicha tajriba to’plash orqali ularda ota-onalar va o’qituvchilar fikridan ko’ra, o’ziga nisbatan shaxsiy baho yuzaga keladi.
Ijobiy “Haqiqiy - Men” hissining paydo bo’ishi, o’z-o’ziga xurmat tuyg’usining shakllanishi kelgusi hayotiy rejalarni tuzishga va ularni muvaffaqiyayli amalga oshirishga yaqindan ko’mak beradi. O’zining shaxsiy imkoniyatlarini ortiqcha baholash, o’ziga bino qo’yish esa, zarur bo’lmagan tavakkalchilikka undaydi. O’zini shaxs sifatida har tomonlama bilish, o’z-o’ziga “Men qanday odamman?” deya savol berish, refleksiyaning ortishiga, o’zini chuqur tahlil qilishga zamin tayyorlaydi: “Nima uchun o’zimni bunday tutdim?”, “Nima uchun o’zimni tutib tura olmadim?”, “Mana bu vaziyatda aql bilan ish ko’rdam-ku? ” degan savollar va fikr-mulohazalar paydo bo’ladi.
Yuqori sinf o’quvchisi shaxsining axloqiy jihatdan shakllanishi:

  • O’spririnlik davri, odamning axloqiy shakllanishidagi hal qiluvchi davr hisoblanadi;

  • O’spirin shaxsining axloqiy shakllanishi, o’zgalar fikriga asoslangan bolalik davridan, mustqil fikr yurita oladigan kattalar olamiga o’tish davrida sayqal topa boshlaydi;

  • O’z-o’zini axloqiy jihatdan nazorat qilish rivojlanadi;

  • Kattalarning vazifasi – o’spirinning axloqiy me`yorlarni tushunib yetishi, o’zlashtirishi va amal qilishiga ko’maklashish.



    1. O‘spirinlik davrida shaxsning rivojlanish xususiyatlari

Balog’atga yetib kelayotgan shaxsning o’zi yashab turgan dunyoni bilishi, o’z-o’zini va atrofidagi insoniy munosabatlarni tushunishi, anglab yetishi va shaxslararo munosabatlar tizimidagi o’z o’rni topishining ijtimoiy-psixologik manbalarini o’rganish, yoshga va jinsga bog’liq jihatlarini tahlil qilish, shaxs -jamiyatning ajralmas bir qismidir deb xulosa chiqarishga imkon beradi.
Individ, ya’ni tabiiy zot sifatida dunyoga kelgan odam bolasi tug’ilgan kunidan boshlab o’ziga o’xshash insonlar qurshovida bo’ladi va uning butun ruhiy olami, qiziqishlari, intilishlari, qobiliyatlari ijtimoiy muhitda aks etadi.
Ijtimoiylashuv tushunchasi, shaxsnining uni o’rab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta’sirlariga berilishi, uning ijtimoiy me`yorlarini o’zlashtirishga moyilligini ifodalaydi, bola shaxs sifatida ijtimoiy muhit ta’siri ostida ulg’ayadi.
Oila ijtimoiy muhiti har bir shaxs uchun ana shunday birlamchi, dastlabki ijtimoiylashuv o’chog’i va ulg’ayish maskani hisoblanadi.
Ijtimoiylashuvning ikkilamchi maskanlariga barcha bosqichdagi ta’lim muassasalari, Mehribonlik uylari, ixtisoslashgan maxsus maktab-internatlar hamda harbiy bilim yurtlari kiradi, chunki u yerda nisbatan uzoq vaqt mobaynida bola ta`lim oladi va tarbiyalandi, ijtimoiy me`yorlarni o’zlashtiradi, ma`naviy-axloqiy, qadriyatli yo’nalishlar ta’sirida dunyoqarashi shakllanadi, ulg’ayadi.
Ijtimoiy-psixologik moslashuv ya’ni, shaxsning ijtimoiy munosabatlarga qadam qo’yishi, ijtimoiy normalarni egallashi, ko’nikishi va moslashishi orqali orttirgan tajribasi ijtimoiylashuvning bir ko’rinishi sanaladi.
Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs jamiyatdagi ijtimoiy normalarni o’zlashtiradi, turli rollarni bajarishga o’rganadi, jamoatchilik sharoitida o’zini tutish ko’nikmalarini hosil qiladi. Shaxsning ijtimoiylashuvi uning ijtimoiy ta`sirlarni qabul qilishi, ijtimoiy borliqni bilishi va anglashiga asoslanadi.
Ijtimoiylashuv manbalari:

  • bolalik davrida orttirilgan tajriba – bu jarayon psixik funksiyalar(bilish jarayonlari)ning shakllanishi va dastlabki ijtimoiy xulq normalarining namoyon bo’lishi bilan bir hil tarzda kechadi;

  • ijtimoiy institutlar – ta’lim va tarbiya tizimi; oiladan boshlab, to oliy o’quv yurtlari va undan yuqori pog’onalardagi ta’lim olishga imkon beruvchi maskanlar, mehnat jamoalari shular jumlasidandir;

  • muloqot va hamkorlikdagi faoliyat jarayonidagi odamlarning ta’siri – rasmiy yoki norasmiy shart-sharoitlarda odamlarning bir-birlari bilan kechadigan o’zaro muloqoti va muomalasi nazarda tutiladi.


Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling