Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


O'smirlik yoshidagi inqirozli vaziyatlar


Download 1.53 Mb.
bet73/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

9.4.O'smirlik yoshidagi inqirozli vaziyatlar

O’smirdagi tabiiy gormonal o’zgarishlar, uning ruhiyatida yuz berayotgan yangilanishlar, “kattalik hissi”, “Men” siymosining qayta qurilishi ota-onalar bilan kechadigan o’zaro munosabatlarga jiddiy ta`sir ko’rsatadi.
Ota-ona va farzandlar o’rtasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ziddiyatli vaziyatlarga quyidagi xolatlar sabab bo’ladi:

  • dunyoqarashlar orasidagi mavjud farqlarni hisobga olinmasligi;

  • yoshlarning o’z bo`sh vaqtini to’g’ri tashkil etmasligi, do`stlar tanlashdagi mustaqilligi, hissiy kechinmalarini yashirishi, modaga berilishi, kasb tanlashdagi mustaqilligi, oilaviy turmush haqidagi tasavvurlarning bir-biriga mos kelmasligi;

  • ota-onalarning farzandi uchun yetarli vaqt ajratmasligi, ularning faqat moddiy ehtiyojlarini qondirish bilan cheklanishi, ularning ijtimoiy, ma`naviy va madaniy ehtiyojlarini hisobga olmasliklari;

  • ayrim yoshlarda bilim olish, mehnat qilish ko’nikmasining yetarli bo’lmasligi oqibatida yengil-yelpi hayot kechirishga o`rganib qolishi;

  • ayrim yoshlarning o’zining farzandlik burchini unutib qo`yishi;

  • ota-onalarda fiziologiya, pedagogika va psixologiya fanlaridan zarur bilim saviyasining yetarli darajada shakllanmaganligi.

Ba`zi ota-onalar o’z farzandlarida 3, 6, 13, 14 yoshlarda tabiiy ravishda yuz berishi mumkin bo’lgan inqirozli xolatlarni bilmaydilar, ushbu yosh bosqichlarida bola ruhiyatida, ijtimoiy maqomida o’zgarishlar va yangilanishlar yuzaga keladi.
Bu esa, kattalar, jumladan, ota-onalar bilan bo`lgan munosabatlarida ko`zga tashlanadi. Buni sezmagan ba`zi ota-onalar «bolam nihoyatda qaysar, quloqsiz bo`lib qoldi», deb o`ylaydilar va shikoyat qilishga tushadilar, unga qarshi o`zlaricha chora-tadbirlar belgilashlari natijasida, ota-ona va bola bir-birlarini tushunolmay qoladilar, bolaning ota-onadan bezish hollari kuzatiladi.



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling