Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich
Download 1.53 Mb.
|
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.6. Axloqiy rivojlanish xususiyatlari
Qiziqishlar. Maktab ta`limining dastlabki yillarida qiziqishlar, xususan tevarak-atrofdagi olamni bilishga bo’lgan qiziqish sezilarli ravishda rivojlanadi. Psixologlarning ta`kidlashlariga ko’ra, dastavval ayrim alohida olingan vaziyatlarga nisbatan qiziqishlar hosil bo’ladi. (I va II sinflarda). Undan keyin esa, vaziyatning yuzaga kelish sabablarni, qonuniyatlarni, hodisalar o’rtasidagi aloqa va o’zaro bog’liliklarni bilib olish uchun bo’lgan qiziqishlar rivojlanadi (III va xususan IV sinflarda). Agar birinchi va ikkinchi sinf o’quvchilarini «bu nima?» degan savol ko’proq qiziqtirsa, birmuncha kattaroq yoshdagi bolalar uchun «nima sababdan?», «qanday qilib?» degan savollar asosiy bo’lib qoladi.
8.6. Axloqiy rivojlanish xususiyatlari Boshlang’ich sinf o’quvchilari ishonuvchan, tashqi ta’sirotlarga beriluvchan bo’ladilar. Buyuk allomalarimiz ta’kidlaganidek, kishining fe’l-atvori hammadan ko’ra ko’proq hayotining dastlabki yillarida tarkib topadi va unda shu davrda paydo bo’lgan sifatlar mustahkam o’rnashib kishining ikkinchi tabiatiga aylanadi. Insonning ikkinchi tabiatida ijobiy hissiyotlarni, fazilatlarni tarkib toptirish, yuksak axloq normalarini shakllantirish uchun butun mas’uliyat boshlang’ich sinf o’qituvchisining zimmasiga tushadi. Bolaning mazkur yosh davrida, o’qituvchining har bir gapi, har bir xatti-harakati, ta’sir ko’rsatish uslubi uning uchun xaqiqat mezoni vazifasini bajaradi, chunki o’quvchilar o’qituvchilariga qattiq ishonadilar, uning fikr-mulohazalariga jon dildan quloq soladilar, aql-zakovatidan jiddiy ta’sirlanadilar, talablariga hamisha amal qiladilar, bergan topshiriqlarni bekamu-ko’st bajarishga intiladilar. Ana shu davrda o’qituvchi uchun: o’quvchilarning ma’naviyatiga ta’sir ko’rsatish, ijobiy his-tuyg’ulari va ezgu niyatlarini qo’llab-quvvatlash; ularni atrofdagi kishilarga yordam berishga undash, to’g’ri mulohaza yuritishga o’rgatish, noma’qul qiliqlardan tiyish, tabiat manzaralarni kuzatishga va musiqa tinglashga odatlantirish; burch va javobgarlik hissini tushuntirish; ular bilan mutoala qilingan badiiy kitoblar, filmlar va ularda tasvirlangan voqealarni, qahramonlarning hatti-harakatlarini muhokama qilish imkoniyati tug’iladi. O’qituvchining o’quvchilar bilan mazmunli suhbatlar o’tkazishi, ularni g’aroyibotlar olamiga olib kirishi, faollik sari yetaklashi alohida o’rin tutadi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning axloqiy sifatlarini rivojlantirishda ko’zlangan maqsadga erishish uchun ularning yoshi va psixologik xususiyatlarini hisobga olish ham zarur bo’ladi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling