Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


O'smirlik davrida faoliyatning asosiy turlari


Download 1.53 Mb.
bet74/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

9.5. O'smirlik davrida faoliyatning asosiy turlari
Rus psixologi D.B.Elkoninning fikriga ko’ra, o’smirlik yoshida faoliyatning yetakchi tipi, tengdoshlari bilan kechadigan o’zaro muloqot sanaladi. O’smirning tengdoshlari bilan muloqotga undovchi motivlar dinamikasi mazkur yoshda ushbu ko’rinishda bo’ladi:

  • Tengdoshlari davrasida bo’lish ishtiyoqining kuchayishi, ular bilan birgalikda nimadir qilish istagi (10-11 yosh);

  • Tengdoshlari jamoasiga qo’shilish, o’zining o’rnini toppish va egallashga bo’lgan istakning ortishi (12-13 yosh);

  • Avtonomiyaga bo’lgan intilish va o’zining shaxsiy qadr-qiymatini tan olinishi uchun zarur bo’gan amallarni qidirish istagi (14-15 yosh).

D.I.Feldshteynning ko’rsatishicha, o’smirlik yoshidagi bolalarning yetakchi faoliyat tipi, ijtimoiy-foydali, tan olingan, haq to’lanmaydigan faoliyatdir. Ijtimoiy yo’nalishga asoslangan faoliyat shakllari o’quv-bilish, mehnat-ishlab chiqarish, tashkiliy-ijtimoiy, badiiy yoki sport kabilarda aks etadi, eng muhimi bu – o’smirning ushbu faoliyatni ahamiyatini his qilishidan iborat bo’ladi. Faoliyatning mazmuni – odamlarga va jamiyatga naf keltirish hisoblanadi.
O’smir amalga oshiradigan ijtimoiy-foydali faoliyatning asosiy motivi – shaxsiy mas`ullik va mustaqillikni ko’rsatish:

  • 9-10 yoshda bolalarda o’z-o’zini tasdiqlashga intilish va kattalar olamida tan olinishga erishish istagi paydo bo’ladi;

  • 10-11 yoshda boshqa odamlarning bahosini qo’lga kiritishga bo’lgan intilish kuchayib boradi;

  • 12-13 yoshda – huquqlrining tan olinishini, 14-15 yoshda ma`lum bir ijtimoiy o’rinni egallash, o’zligini belgilash istagi ortadi.

9.6. O’smirlik davrida shaxs sifatida ulg’ayish
O’smir asab tizimining funksiyalari ham sezilarli tarzda o`zgaradi, o’smirda qarama-qarshi hisiy kechinmalar: ta`sirchanlik ko`pincha jizzakilik, uyatchanlik va tortinchoqlik bilan uyg`unlashib ketadi, haddan ziyod tanqidiylik va ota-onasining qaramog`iga betoqatlik namoyon bo`ladi, ba`zan ishchanlikning pasayishi, asabiylik, serjahllik, serzardalik kabi xolatlar kuzatiladi.
Bu davrda o`smir shaxsi jadal shakllanadi, “kattalik hissi” yuzaga keladi, qarama-qarshi jins vakillariga munosabat o`zgaradi, ularga qiziquvchanligi ortadi.
Jinsiy balog`atga yetish davrida o`smir organizmining normal jismoniy rivojlanishi muhim rol o`ynaydi, bu davrda turli xil, darmondorilarga boy ovqatlarni yetarlicha iste`mol qilish, shuningdek, ochiq havoda sayr qilish, sport bilan shug`ullanish zarur, balog`atning e`tibor talab qiladigan jihatlari ham mavjud.
Olimlarning olib borgan tadqiqotlariga ko’ra, o’smirlik yoshida jinsiy yetilish bilan, tegishli instinktlar, shahvoniy bo’yoqlardagi hissiy kechinmalar va intilishlarning namoyon bo’lishi hamda psixik va ijtimoiy yetilish o’rtasida nomutanosiblik yuzaga keladi. Bu yoshning qiyinligi va xavfliligi ana shundadir: o’smir ko’pincha o’zi uchun yangi bo’lgan instinktiv mayllar va intilishlarga yetarlicha baho berishga qiynaladi, to’g’ri yondasha olmaydi.
O’qituvchilar, tarbiyachilar, sinf rahbarlari, psixologlar dastavval shuni chuqur anglashlari lozimki, jinsiy yetilish organizmning jismoniy taraqqiyotga ta’sir qilishdan tashqari, o’smir ruhiyatiga ham jiddiy ta’sir ko’rsatadi.

O’smirlarda jinsiy yetilish munosabati bilan, shu paytgacha ularga noma’lum bo’lgan va kutilmagan jinsiy moyillik va tegishli fikrlar, hissiy kechinmalar, qarama-qarshi jinsga bolgan o’ziga xos qiziqishlar, ma’lum mazmundagi kitoblar, filmlar, disklar, uyali aloqa vositalaridagi manbalarga, kattalarning gaplariga bo’lgan qiziqishlarning paydo bo’lishi tabiiy-fiziologik zarurat tufayli yuzaga keladigan normal holatdir. Ammo bunga loqaydlik bilan befarq munosabatda bo’lish ham mumkin emas, shunday xolatlar ham ma’lumki, ayrim vaziyatlarda jinsiy mayllar(axloqsiz ishlarga taqlid qilish, yoshga to’g’ri kelmaydigan jinsiy zo’ravonlikni targ’ib qiluvchi adabiyotlar va kinofilmlar bilan tanishish, “ommaviy madaniyat”ga ruju qo’yish kabilar illatlar) ma`naviy tubanlik, behayolik, iffatsizlik kabi salbiy kechinmalarga olib keladi.
O’smir qanday bo’lmasin «parda» ortida nima borligini bilishga urinib ko’radi, chunki “ta`qiqlangan meva” mazali boladi degan ibora bejiz aytilmagan.
“Bir kun, vaqti kelib, o’zlari hammasini bilib olishar”, degan fikr mutloqo noto’g’ridir, o’smirlarni voqelikdan ajratib qo’yib bo’lmaydi, hayot qaynab turibdi, o’smirlar unga zo’r qiziqish bilan qaramoqdalar, ular o’zlari uchun mavhum sanalgan, kattalar orasidagi sirli(intim) munosabatlarni ham tushunishni istaydilar.
Bu yerda o’smir kundalik hayotining to’g’ri tashkil etilishi, ya’ni qat’iy kun tartibi, uyqu, dam olish va ovqatlanish me`yori, jismoniy tarbiya va sport bilan doim shug’ullanish yordam beradi. O’smirlar diqqat-e`tiborini, qiziqarli, jozibali va eng asosiysi, ijtimoiy foydali bo’lgan faoliyatga yo’naltirish muhimdir.
Jinsiy tarbiya tizimida o’smirlarga qarama-qarshi jins vakillari orasidagi o’zaro munosabatlarga doir murakkab masalalarni tushuntirish lozim.
Agar psixologlar, oqituvchi-murabbiylar o’z vaqtida yordam bermasalar, ayni paytda o’smirlar o’zlari uchun tushunarsiz bo’lgan va ularni hayajonli tarzda o’ziga jalb etgan hodisalarga o’zlari javob qidirishga majbur bo’ladilar.


Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling