Yosh chegaralari. Yoshlik davrida shaxsning rivojlanishi
Yoshlik davri 23-28,30 yoshlardan iborat bo’lib, bu davrning o’ziga xos xususiyatlaridan biri jamiyat hayotining barcha jabhalarida jismoniy, ruhiy va ijtimoiy kamolotga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok etish va ishlab chiqarish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirishdan iboratdir.
Yoshlik davridagi mehnat faoliyatini boshqa yosh davrlaridan quyidagi uchta muhim belgisi tufayli farqlash mumkin:
sohaning mohiyatini tushunib yetish, ishlab chiqarish shart-sharoitiga va mehnat jamoasi a`zolarining xarakter xususiyatlariga moslashish (ko’nikish) - mehnat faoliyatining dastlabki yillari(taxminan 1 yildan 3 yilgacha)da mehnat jamoasida o’z o’rnini topish va qadr-qimmatga erishish;
mutaxassis sifatida o’zini takomillashtirish uchun ijodiy izlanishlarni amalga oshirish (mehnat faoliyatining ikkinchi pallasi 3 yildan 8 yilgacha — ish staji nazarda tutiladi) va kasbiy mahoratni egallash;
kasbiy mahorat sirlaridan foydalanish, tashabbus ko’rsatish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ijtimoiy yetuklikni namoyish qilish yoki mehnat faoliyatidagi barqarorlikni ko’rsatish, bir maromda bir necha yil(10 yildan ortiq) mehnat qilish, kasbiga doir ijtimoiy faollikni amalga oshirish.
Hozirgi mutaxassislarning ko’pchiligi o’quv yurtlaridagi nazariy bilimlar bilan amaliy ko’nikmalar o’rtasida ma`lum bir uzilish mavjudligi sababli mustaqil faoliyatning dastlabki kunlaridan boshlab bir qator qiyinchiliklarga duch keladilar:
ijtimoiy qiyinchiliklar: yangi va notanish muhit shart-sharoitlari, yangicha shaxslararo munosabatlar tizimi, mehnat jamoasining saviyasi, jamoadagi kishilarning xarakter hislatlari, mehnat jamoasining erishgan natijalari, qadriyatli yo’nalishlari, an`analari, ma`naviy-ahloqiy qiyofasi;
bilim olish va bilishga oid qiyinchiliklar: o’quv yurtida olingan bilimlardagi uzilishlar, bilim darajasining sayozligi, ma`naviy-ahloqiy saviyaning cheklanganligi, amaliy ko’nikmalarning yetishmasligi, ijodiy izlanish faoliyatining zaifligi, tashabbuskorlikning yetishmasligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |