Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich
Download 1.53 Mb.
|
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги
oila mikromuhiti – yoshlik gashtini surayotgan yigit va qizlar oilaning barcha a`zolari: ota-onasi, opa-singillari, aka-ukalari, turmush o’rtog’i va farzandlariga oqilona munosabatda bo’lishi talab etiladi. Oiladagi shaxslararo munosabatlar ko’lamining kengligi sababli, muloqot doirasi o’ziga xos tarzda kechishi zarur bo’ladi. Oilaning tinch-totuvligi va ahilligiga xalal bermaslik uchun yoshlar (kelin-kuyovlar) ba`zan o’zlarining zamonaviy qarashlaridan voz kechishlari, shaxsiy fikrlarni oilaviy qadriyatlarga uyg’unlashtirishlari lozim bo’ladi. Oiladagi dilkashlik har bir oila a`zosi uchun umumiy «til» topishga zamin yaratadi, oiladagi qulay ijtimoiy-psixologik iqlim asosiy ma`naviy omil vazifasini o’taydi.
norasmiy ulfatlar – yoshlik davrida, shaxs ruhiyatiga ta`sir ko’rsatadigan omillardan biri ulfatlar davrasi hisoblanadi. Ulfatlar odatda shaxsiy mayli, qiziqishi, intilishi, orzu-istagi, maqsadi, qarashlari, yoshi va xulqi bir-biriga mos keladigan guruhdan iborat bo’ladi. Ko’ngilchanlik, do’stlar ra`yiga qarshi bormaslik tufayli yoshlar xarakterida ma`lum bir salbiy o’zgarishlar yuzaga keladi. Ayrim yoshlar mazkur yangilanishlar tufayli o’zidagi yuksak hislar, mustahkam e`tiqod, dunyoqarash, mustaqil fikrlash tuyg’ularidan voz kechadi, ya`ni «do’sting uchun zahar yut» qabilida ish tutiladi. Natijada mas`uliyatsizlik, yuzakilik, loqaydlik, ikkiyuzlamachilik singari illatlar tarkib topa boshlaydi. Shuni alohida t`akidlash kerakki, ba`zan ulfatlar davrasida tadbirkorlik va ishbilarmonlikka doir amaliy ko’nikmalarni egallash imkoniyati ham bo’ladi. Shu boisdan, o’zaro yig’inlarga faqat mehmondorchilik, kimnidir ko’nglini olish nazaridan yondashmay, uning imkoniyatlaridan foydalanishga harakat qilish ayni muddaodir. Yoshlik davri insonning eng gullab-yashnagan, kuch-quvvatga, orzu-havasga, ijodiy rejalarga va izlanishlarga, aqliy imkoniyatlarga boy davridir. Kelajak taqdiri, mo’l-ko’lchiligi, farovonligi, qudrati, madaniyati — yoshlarga bog’liq, shuning uchun ularning istiqbol rejalari, yaratgan loyihalari, shakllanayotgan ma`naviy va ruhiy olami hech kimni befarq qoldirmasligi kerak. Yoshlik davrining yakunlanish qismiga kelganda shaxsning o’z-o’ziga, oilasiga, kasbiga va ijtimoiy majburiyatlariga nisbatan barqaror munosabat shakllanadi, odam o’zining jismoniy, ruhiy va iqtisodiy imkoniyatlarini chamalay oladi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling