Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich
Yoshdan yoshga o'tishdagi muammolar
Download 1.53 Mb.
|
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги
12.2. Yoshdan yoshga o'tishdagi muammolar
Yetuklik davrining ikkinchi bosqichi. Yetuklik davrining ikkinchi bosqichi, shartli tarzda 40-45 yoshdan 55-60 yoshgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi, mazkur davrda kishi o’zining bosib o’tgan yo’lini, hozirgi kunga qadar amalga oshirib kelgan faoliyatini qaytadan tahlil qiladi va baholaydi. Odatda, yetuklik yoshigacha bo’lgan davrda ko’pchilik mehnat faoliyatida miqdor ko’rsatkichlariga e`tibor qaratgan bo’lsa, endilikda har bir mehnat mahsulining sifati ustida fikr-mulohaza yurita boshlaydilar. Oilaviy hayot masalalari, turmush tajribasi, insonning qadr-qimmati, jamiyatdagi o’zgarishlar, boshqa odamlar hamda o’z-o’ziga nisbatan yangi mezon orqali qaray boshlaydilar, turmushning ikir-chikirlari, ijtimoiy-psixologik hodisalarga vazmin, sabr-toqat bilan hayotiy tajribalarga suyangan holda munosabatda bo’ladilar. Har bir voqea-xodisa yoki vaziyatning nozik jihatlarini ko’rish, taqqoslash, baholash orqali, uning salbiy oqibatlari haqida o’z fikrlarini bildiradilar. Hayotda qo’ldan boy berilgan imkoniyatlar, xato va kamchiliklar. ularda “Yetti o’lchab, bir kes” qabilida ish tutish tuyg’usini vujudga keltiradi, shuning uchun ham ular umrning biror daqiqasini behuda o’tkazilishiga achinish bilan qaraydilar, yoshlik yillarida yo’qotganlarini aql-zakovat, donishmandlik bilan to’ldirishga intiladilar. Yetuklik davrining ikkinchi bosqichida keksayish alomatlari yanada ko’proq o’rin egallay boshlaydi, uning boshlanish nuqtasi 45-50 yoshlardir, lekin odamlarning yashash tarzi, ijtimoiy-psixologik muxit va ularning individual-psixologik xususiyatlariga ko’ra bu chegara turlicha bo’lishi mumkin. Shu sababli yosh davrining chegaralari faqat shartli ravishda belgilanadi. Mazkur omil odamlar yashayotgan oila muhitiga, tarixiy-ijtimoiy shart-sharoitga, geografik iqlim va boshqalarga ham bog’liqdir. Mazkur yosh davrining o’zgaruvchanlik xususiyatini biologik, psixologik va ijtimoiy omillarning ta`siri belgilab beradi. Y.N.Kulyutkin o’zining kuzatishlarida, bir xil yosh davridagi odamlarda har xil fiziologik jarayonlar, ruhiy holatlar, alohida xususiyatlarning o’zgarishi baravar emas, balki ularning ayrimlarida xotiraning pasayishi, psixik jarayonlarning zaiflashuvi aniqlansa, boshqa kishilarda, aksincha, hissiy-irodaviy sohaning taraqqiy etishi, fikrlashning jadal sur`atda o’sishi mumkinligini uqtirib o’tadi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling