Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Yetuklik davridagi inqirozli xolatlar


Download 1.53 Mb.
bet88/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

12.3. Yetuklik davridagi inqirozli xolatlar
Yetuklik davrida ham boshqa yoshdagi singari inqirozli xolatlar uchrab turadi, nisbatan barqaror kechadigan davrlar oralig’ida yoshning ulg’ayishi, hayot mazmunining o’zgarishi tufayli yangilanishlarga ehttiyoj ko’zga tashlanadi. Yoshlik davrining yakuniy qismida yuz beradigan inqirozli xolatlar, 40 yoshda yana yuzaga chiqa boshlaydi. 40 yoshdagi inqirozli xolatlar – hayotning asl mohiyatini topishga intilish va o’z-o’ziga tanqidiy baho berishda aks etadi:

  • hayot tarzi tahlil qilinadi, ahloqiy muammolar hal etiladi;

  • oilaviy munosabatlardan qoniqmaslik hissi paydo bo’ladi;

  • xizmat vazifasidan norozilik tuyg’usi yuzaga keladi;

  • o’z hayotidan qoniqish olmaslik hissi;

  • hayotiy rejalar va ularning ro’yobga chiqishi o’rtasidagi uzilishlar.

Qirq yoshda ro’y beradigan inqirozli vaziyatlar keksalikka qadam qo’yishdan havotirlanish, erishilgan mufaqqiyatlar kutilganidan ko’ra anchagina kam miqdorda ekanligi bilan izohlanadi. Ushbu yoshdan o’tgandan so’ng, jismoniy quvvatning kamayishi va aqliy faoliyatdagi topqirlikning pasayishi kuzatiladi, odam tabiatiga ko’ra, boshqalardan tez ranjiydigan, izzattalab bo’lib qoladi, yoshi ancha ulg’ayganligini chuqur iztirobga tushib his qiladi. Keksayishning jismoniy belgilari yaqqol ko’zga tashlana boshlaydi, bu esa tashqi jozibaning yo’qolishi sifatida baholanib salbiy kechinmalarni uyg’otadi.
12.4. Yetuk shaxs tavsifnomasi
Yetuklik yoshidagi shaxsning o’z ichki imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga intilishi, faoliyatning barcha sohalarida ma`naviy va ruhiy jihatdan o’z-o’zini anglashini yanada yuqori bosqichga olib chiqadi. Yetuklik davridagi erkak va ayollarning o’zligini anglashdagi «Men» uch xil ko’risinishda ifodalanadi: «Men» ko’pincha «Men — obraz» shaklida shaxsning o’zi tomonidan talqin qilinadi:

  • Shaxsning dastlabki «Men — obrazi» retrospektiv «Men»dan iborat bo’lib, uning o’tmishdagi o’zligini aks ettiradi;

  • Keyingi «Men — obrazi» hozirgi «Men» sifatida namoyon bo’ladi, shaxsning hozirgi kundagi xolatini ifodalaydi;

  • So’nggi «Men — obrazi» tasavvurdagi «Men» yaqin kelajakda o’zini qanday tasavvur qilish tuyg’usi bilan bog’liq holda yaratiladi.

Shuning uchun o’z imkoniyatlarini hayotda to’la safarbar qyalish istagi ijtimoiy turmushning barcha jabhalarida o’zining “o’tmish”dagi obrazini xozirgi kundagi bilan taqqoslash, shaxsiy tasavvurdagi modelni vujudga keltiradi, shaxs mazkur modelga asoslanib, turmush rejalarini, xatti-harakatning maqsadini, usul va vositalarini tanlay boshlaydi. Insonning o’tmishidan hozirgi kunga, hozirgi kundan kelajakka intilishi, o’zini anglashning bosh mezoni hisoblanadi.
O’zligini anglashning boshqa mezonlari ham mavjud bo’lib, ular o’zini-o’zi baholash, nazorat qilish, tekshirish, qo’lga olish kabilarda aks etadi. Shaxsning o’zligini anglashi ko’pincha, o’ziga boshqa kishilarning ya`ni:

  • yoshi ulug’, keksalik yoshiga o’tgan odamlar,

  • o’zining tengdoshlari;

  • o’zidan yoshi kichik odamlar nazari orqali qarashda ko’rinadi.

Yetuklik davrining ikkinchi bosqichiga mansub kishilar bir tomondan, mavjud bilim va tajribalarini mehnat faolyati va ijtimoiy hayotning turli-tuman yo’nalishlariga safarbar etsalar, ikkinchi tomondan, olib borayotgan ijtimoiy faolliklari nisbatan susayib borishi ham kuzatiladi. Odamning keksayishi, ham quvonchli, ham o’kinchli damlarga, iztirobli kechinmalarga, qarama-qarshi his-tuyg’ularga boyligi orqali ham boshqa yosh davrlaridan ajralib turadi.
Ko’ngil xotirjamligi, dam olish istagi va shu bilan birga ijtimoiy faoliyatdan uzoqlashish tuyg’usi o’rtasida ruhiy inqirozli vaziyatlar paydo bo’ladi, qanday qarorga kelish, ya`ni mehnat jamoasi bilan aloqani uzmaslik yoki mutlaqo ijtimoiy faoliyatdan chetlashish muayyan holatlardagi motivlar kurashiga bog’liqdir.
Hozirgi zamon kishilarining o’rtacha umr ko’rishi XX asr boshlaridagiga nisbatan qariyb bir yarim — ikki marta uzayganligi, yetuklik davridagi kishilarning jismoniy quvvati, yuksak ma`naviy-axloqiy qarashlari, ruhiyatining tetikligi ijtimoiy faollikni susaytirish haqida o’ylashga izn bermasligini ko’rsatmoqda. Ushbu yoshdagilarning ishchanligi, kasbiy mahorati, turmush tajribasi, ongining yuksakligi, ma`naviyatining boyligi, ruhiyatining sofligi yangi zafarlar, mehnat quvonchlari sari dadil qadam tashlashga to’la kafolat beradi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling