Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Tarixiy-madaniy yo’nalishda rivojlanish psixologiyasi


Download 1.53 Mb.
bet47/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

4.5. Tarixiy-madaniy yo’nalishda rivojlanish psixologiyasi
L.S.Vigotskiy tomonidan ishlab chiqilgan odam psixikasining madaniy-tarixiy rivojlanish nazariyasi.
Bolalar va pedagogik psixologiyaning fan sifatida rivojlanishiga ulkan hissa qo’shgan olimlardan biri L.S.Vigotskiy(1896-1934) xisoblanadi.
Uning beqiyos xizmatlaridan biri shundan iborat edi-ki, Vigotskiy sobiq ittifoq psixologiya maktabida birinchi bo’lib, odam psixik taraqqiyotiga biologik va ijtimoiy omilning o’zaro ta`siri muammosini har tomonlama o’rganadi.
Ilmiy qarashlarini bayon etar ekan, L.S.Vigotskiy o’zining safdoshlari A.N.Leontyev, A.R.Luriya ishtirokida odam psixikasining madaniy-tarixiy rivojlanish nazariyasini ishlab chiqadi. Ushbu nazariyaning mohiyatiga ko’ra, odam xulqining ikki jihatini farqlash mumkin:

  • tabiiy jihati(hayvonot olamidagi biologik evolyutsiya natijasi);

  • madaniy jihati(jamiyatning tarixiy taraqqiyoti natijasi);

Madaniy xulq-atvor, qurollar va belgilar orqali bilvositalik kasb etadi, masalan dastlabki vosita “tashqi tomonga”, ya`ni voqeylikni o’zgartirishga qaratilgan bo’lsa, keyingi vosita “ichki olamga” yo’naltiriladi. Madaniy xulqni shakllantirishning asosiy sharti, bolaning kattalarga taqlid qilishi va ular bilan muloqoti xisoblanadi, bu esa bolada oliy psixik fuksiyalarning vujudga kelishi va rivojlanishiga zamin yaratib beradi.
L.S.Vigotskiy fikriga ko’ra, agar bolaning psixik taraqqiyoti muloqot jarayonida kechar ekan, demak muloqotning eng tizimli shakli – ta`lim o’zining ortidan taraqqiyotni ergashtira oladi.
O’zining ilmiy farazlarni asoslagan holda L.S.Vigotskiy bola aqliy taraqqiyotining ikkita darajasini ko’rsatib beradi:

  1. Mavjud(aktual) taraqqiyot darajasi - boladagi mavjud bilimlar, ular orqali bola betilgan vazifalarini o’zi mustaqil bajara oladi.

  2. Yaqin taraqqiyot darajasi – bu nisbatan yuqori daraja bo’lib, vazifalar kattalarning qisman yordami orqali bajariladi. Bugun kattalarning yordami bilan amalga oshirilayotgan harakatlarni deb ta’kidlaydi. L.S.Vigotskiy, - bola ertaga mustaqil tarzda bajaradi, yaqin taraqqiyot darajasidagi xatti-harakatlar, ta’lim jarayoni orqali mavjud (aktual) taraqqiyot darajasiga o’tib boradi.


Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling