Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Predmetli faoliyatning shakllanishi


Download 1.53 Mb.
bet55/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

6.2. Predmetli faoliyatning shakllanishi
D.B.Elkoninning fikricha, go’daklik yoshidagi bolalarda predmetlarni tanish, idrok etish, ularning xususiyatlarini o’rganish ehtiyojining ortishi, ularda katta yoshdagi odamlar bilan muloqotga kirishish istagini kuchaytiradi.
Ilk bolalik davrida predmetli-harakatli faoliyatni tashkil etish, uni amalga oshirish jarayoni kattalarning bevosiya yordami va ko’magi asosida amalga oshiriladi va ushbu vaziyat ularning hali kattalarga bog’liqlini ko’rsatadi.
Predmetli harakatlarni o’zlashtirish jarayonini tahlil qilish orqali D.B.Elkonin quyidagi qonuniyatlarni ko’rsatib o’tdi:

  • Bola kattalar bilan hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirishi, uning ko’rsatmalarini bajarishi orqali hatti-harakatlarni egallaydi. Predmetli harakatlarni egallashning asosiy sharti – kattalar bilan hamkorlik;

  • Bola dastlab yangi harakatlarning umumiy jihatlarini o’rganadi: maqsad, mazmun, asosiy manzara, ya`ni maqsadga yo’nalgan asosiy harakatlar. Keyinroq harakatlarning to’g’ri bajarilishi, uning takibiy qismlari o’zlashtiriladi va takomillashtiriladi;

  • Predmetdan qurol sifatida to’g’ri foydalanish – asosiy natija emas, balki harakat namunasini egallash muhim sanaladi;

  • Bolada predmetli harakatlarni egallash jarayoni, uning kattalarga o’xshab harakat qilishi orqali kechadi;

  • Katta odam – bolaga taqlid qilish uchun namuna, rahbar hamda emotsional qo’llab-quvvatlash manbai xisoblanadi.

    1. . Ilk bolalik davrida bilish jarayonlarining rivojlanishi

Ilk bolalik davrida ko’rish va eshitish analizatorlarining takomillashuvi orqali psixik jihatdan tez sur`atlarda taraqqiy eta boshlaydilar. Ilk yoshdagi bola kattalarga taqlid qilishi, predmetli-harakatli faoliyati va qiziqishlar ko’lamining kengayishi orqali kattalar yordamida hamma narsani bilishga intiladi. Ushbu yoshdagi bolalarning mustaqil harakat qila olish imkoniyatlari tevarak-atrofni bilish ehtiyojini qondirishga juda katta sharoit yaratib beradi.
Ilk bolalik davrida sezgilar(ko'rish, eshitish, hid va ta’m bilish, teri-tuyish va harakat) bolaning kundalik hayotidagi tinimsiz ravishda kechadigan, xilma-xil harakatlari va izlanishlari davomida turli narsalarga bevosita to'qnash kelishi natijasida rivojlanib boradi. Agar go’daklik davrida predmetlarni ushlash, ularni turli tomonga harakatlantirish amallari asosiy o’rinni egallagan bo’lsa, bu yoshda narsalarning shakli, yorqin rangi, katta-kichikligi sezgirlikni oshiradi va bolada shakllanib kelayotgan predmetli idrokning o'sishi uchun zamin hozirlaydi.
Ilk bolalik davridagi bolaning idroki ancha rivojlangan bo‘lsa, ham uning aniqligi va anglanganlik darajasi juda quyi bo’ladi:

  • Birinchidan, ilk yoshdagi bolalarda turmush tajribasi yo'qligi sababli ularning idroki anglashilmagan xarakterga ega boladi, ular narsalarga birinchi marta duch keladilar, shuning uchun bolalar idrok qiladigan ko‘p narsalar ularga yangilik, ya’ni dastlabki taasurot kuchiga ega boladi.

  • Ikkinchidan esa, bolaning idroki ko‘pincha ixtiyorsiz xarakterga ega bo'ladi, ya’ni idrokda muayyan bir maqsadni ko'zlash hali sezilmaydi.


Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling