Bolaning emotsional sohasi.
Ilk bolalik yoshiga o’tgandan so’ng, bolaning turli-tuman predmetli va harakatli o’yinlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrashi, ko’zlangan maqsadni amalga oshirishdagi noxush kechinmalar dastlabki salbiy emotsional kechinmalarga sabab bo’ladi, affektiv xulqni vujudga keltiradi. Shuningdek, o’z faoliyatida uchraydigan ko’ngilsiz voqealarga o’zining shaxsiy munosabatini bildirish – aks ettirishning yangi shakli, hissiy ta`sirlanish reaksiyalarini tarkib toptiradi.
Bir yoshdan oshgan bolaning turli-tuman harakatli o’yinlarda qiyinchiliklarga duch kelishi, o’zi ko’zlagan vazifani bajara olmasligi tufayli yuzaga keladigan salbiy kechinmalar, unda dastlabki affektiv(dovdirash, injiqlik, achchislanish, jazavaga tushish) hissiy xolatni vujudga keltiradi.
Ilk yoshdagi bolalarda uchraydigan affektiv ta`sirlanish xolatlari, kattalar bilan kechadigan o’zaro muloqotdan qoniqmaslik natijasida hosil bo’ladi va unga quyidagi vaziyatlar sabab bo’ladi:
kattalar bolaning hoxish istaklarini tushunmasligi, imo-ishorasi va yuz-chehra harakatlariga, pantomimikasiga (yuz bilan tana harakatlari qo’shilishi) e`tiborsizligi;
kattalarning bolaning ixtiyorsiz xatti-harakatiga batamom qarshilik ko’rsatishi, shuningdek, uning talabini bajarmasligi, qoniqtirmasligi;
kattalarning boladagi ruhiy yangilanishlar va o’zgarishlarga oid bilimlardan bexabarligi, bu o’zgarishlarni oldindan seza olmasligi va boshqalar.
Takrorlash va muhokama uchun savollar:
Ilk bolalik davridagi ruhiy yangilanishlar haqida tushuncha bering?
Ilk bolalik yoshida yuzaga keladigan ijtimoiy vaziyatlar tahlili?
Ilk bolalik va predmetlar olamini tavsiflab bering?
Predmetli faoliyatning shakllanishi;
Ilk bolalik davrida bilish jarayonlarining rivojlanishi?
Ilk bolalik yoshida sensor taraqqiyotning kechishi?
Ilk bolalik yoshida nutqning taraqqiy etishi?
Bolaning kattalar bilan muloqoti haqida tushuncha bering?
Bolaning emotsional sohasini ifodalab bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |