Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Kattalar va tengdoshlari bilan muloqot


Download 1.53 Mb.
bet60/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

7.3. Kattalar va tengdoshlari bilan muloqot
Bola 3 yoshga o’tganidan so’ng, faqat o’z oila a’zolari(bobosi va buvisi, ota-onasi, akasi va opasi) bilan emas, balki qarindoshlar, qo’shnilar va o’z tengdoshlari bilan ham muloqotda bo’lish ko’lami kengayadi.
Bolada kattalar nutqiga, ularning o’zaro muloqotiga hamda amaliy malakalariga bo’lgan qiziqish kuchayadi, ularning fikr va mulohazalarni tinglashga nisbatan moyillik paydo bo’ladi, shuningdek, uning o’zida, kattalar va o’z tengdoshlari davrasida olgan taasurotlarini boshqalar bilan muloqotga kirishish orqali o’rtoqlashish istagi tug’iladi. Maktabgacha yoshdagi mustaqillik ko’pincha bolaning amaliy faoliyatda, uning o’z imkoniyati doirasida kattalar yordamisiz harakat qilishida, oz bo’lsa-da, kattalarga tobelikdan qutulish tuyg’usida aks etadi.
Mana shu yosh davridagi bolalarga tarbiya berishda qiyinchiliklar mavjud bo’lib, ular bola xulqidagi injiqlik, o’jarlik va qaysarlik kabi alomatlar bilan bog’liqdir. Aynan ushbu yoshdagi bolalar hissiyoti va irodaviy xarakatlarida muhim o’zgarishlar sodir bo’ladi va bu xudbinlik xissi va o’zini ko’rsatishga bo’lgan ehtiyoj orqali ifodalanadi.
Rus psixologlari N.A.Menchinskaya va V.S.Muxinalarning olib borgan kuzatishlariga qaraganda ikki-uch yoshga yetgan bolalardagi injiqliklar, kattalarning bola shaxsiga adolatsiz hamda noto’g’ri munosabatda bo’lishi tufayli yuzaga keladi. 3 yoshdagi bolaning mustaqilligini cheklab qo’yish, erkinlik tuyg’usi va uning tashabbusini so’ndirish o’jarlikka sabab bo’ladi.
Kattalar bolaning ra’yiga, uning mustaqilligiga qarshi turmasdan, imkon qadar istak-xoxishini e’tiborga olsalar, uning intilishlariga yordam bersalar, tarbiyada yuzaga keladigan qiyinchiliklarning oldi olinadi.
Oila muxiti va boqchadagi shaxslararo munosabatlar tizimida pedagogik odobga rioya etilsa ziddiyatlar yuzaga kelmaydi.
Bolada o’jarlik, qaysarlik, kattalarga itoatsizlikning vujudga kelishi – kattalarga qaramlikdan qutulishning tashqi ifodasidir. Mustaqillikka intilish, mazkur yosh davridagi o’zgarishlar, yangilanishlar, ya’ni “Men-obrazi”ning shakllanishi, shaxsiy xatti-harakatlar va “Men o’zim bajaraman” kabi amaliy faoliyatda namoyon bo’ladi.
Ontogenetik taraqqiyotda “yetakchi faoliyat”ni asos qilib olgan rus psixologi D.B.Elkoninning fikricha, “...bolaning xohishi bilan uning amaliy faoliyatdagi ifodalanishi o’zaro mos tushmay qoladi, shu sababli shunchasi xohish, qat’iy shaxsiy xohish darajasiga ko’tariladi...”.
Odatda «Men xohlayman», «O’zim bajaraman» kabi mustaqillikka intilish harakatlari, istak va xohishlarning kuchayishida o’z ifodasini topadi. SHu tariqa bola ruhiyatida ularning o’zaro uzviy aloqadorligi, motivlar va ularning o’zaro kurashi yuzaga kela boshlaydi.
Kattalarning muloqot jarayonidagi qo’polligi, bolada qaysarlik alomatlarini yaqqol namoyon eta boshlaydi, u har qanday taklif, buyruq va hatto iltimosni ham rad etadi, o’ziga berilgan barcha savollarga bir hilda «yo’q», «kerakmas», «bermayman», «bilmayman» dab javob qaytaradi.
Buning asosiy sababi, maqsadga erishish yo’lidagi sa’y-harakatlarni mustaqil bajarish istagining tug’ilishi, «men o’zim» tuyg’usi bilan bog’liq butunlay yangi nuqtai-nazarning vujudga kelishidir.
Mazkur davr, maktabgacha yoshdagi bola shaxsini shakllantirishdagi eng murakkab davr xisoblanadi, shunga ko’ra katta yoshdagi odamlar, ya’ni ota-onalar, boqcha tarbiyachilari ushbu davrda, bolaning ichki kechinmalarini inobatga olgan holda munosabatda bo’lsalar maqsadga muvofiq bo’ladi.
3-4 yoshdagi bolalar xulqida ko’zga tashlanadigan o’jarlik sababini, u kamol topayotgan ijtimoiy muhitdan, unga ko’rsatilayotgan tarbiyaviy ta’sirdan, shaxsni shakllantirish jarayonidagi kamchiliklardan qidirish lozim. Muhimi, ota-onalar va tarbiyachilar bola bilan umumiy til topishishlari, unga nisbatan samimiy munosabatda bo’lishlari zarur.
Kattalar bola shaxsini hurmat qilishlari, avvalo uning so’zlarini tinglay olishlari, mustaqillikka erishish tufayli paydo bo’lgan hissiy kechinmalarini boshqarish imkoniyatlarini aniqlashlari lozim bo’ladi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling