Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Download 1.53 Mb.
bet68/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

8.4. Kichik maktab yoshida shaxs sifayida ulg’ayish
Boshlang’ich sinf o’quvchilari o’ta ishonuvchan, tashqi ta`sirotlarga juda tez beriluvchan yoshda bo’ladilar, ularning ichki olamiga kirib borish, ularning beg’ubor ruhiyatida ijobiy, insoniy fazilatlarni shakllantirish vazifasi eng avvalo o’qituvchilar va murabbiylar zimmasiga tushadi.
Mazkur yosh davrida o’qituvchining har bir gapi, har bir xatti-harakati, ta`sir ko’rsatish uslubi, bola uchun xaqiqat mezoni vazifasini bajaradi, chunki o’quvchilar o’z o’qituvchilariga qattiq ishonadilar, so’zlariga quloq soladilar, bilimdonligidan hayratga tushadilar, qo’ygan talablariga so’zsiz amal qiladilar va bergan topshiriqlarni bekamu-ko’st bajarishga intiladilar.
O’qituvchining mazmunli va qiziqarli suhbatlar tashkil etishi, g’aroyibotlar olamiga olib kirishi, faollik sari etaklashi alohida ahamiyat kasb etadi.
Kichik maktab yoshidagi davr, shaxs taraqqiyotida nisbatan osoyishta davr hisoblansada, bolaning maktabga qadam qo’yishi, uning ijtimoiy hayotida burilish nuqtasi hisoblanadi. Aynan ushbu davrdan kattalar(ota-onalar, o’qituvchilar) va tengdoshlari(sinfdoshlari) bilan yangicha munosabatlar o’rnatiladi, bola o’zi uchun notanish muxit(maktab, sinf)ga qo’shiladi. Uning oldiga bir qator jiddiy talablarni qo’yadigan o’quv faoliyati - o’quvchining o’z hayotini qat`iy tartibda tashkil qilishga, vazifalarni bajarishga, ijtimoiy meyorlarga amal qilishga majbur qiladi.
Bu esa, tevarak-atrofdagi voqelikka, o’z oila a`zolari, tengdoshlari, boshqa kishilar, jamoaga, ta`lim jarayoni va undagi majburiyatlarga nisbatan yangicha munosabatlar tizimining tarkib topishi va mustahkamlanishiga zamin yaratadi, irodaviy sifatlarni tarbiyalaydi, qiziqish va qobiliyatlarni oshiradi.

8.5. Emotsional-irodaviy sohaning rivojlanish xususiyatlari
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda hissiy kechinmalar juda yorqin tarzda aks etadi. Ushbu emotsionallik quyidagicha ifodalanadi:

  • kichik maktab yoshidagi bolalarning narsa va xodisalarni idrok etishi, kuzatishi, hayol va tasavvurlari emotsional bo’yoqlarga boy bo’ladi;

  • kichik maktab yoshidagi bolalar (I va II sinf o’quvchilari) o’z hissiyotlarini tiyib tura olmaydilar, o’z hissiy kechinmalarning tashqi jihatdan namoyon bo’lishini nazorat qila olmaydilar. Ular o’z xursandchiligi, sho’x-shodon kayfiyati yoki tashvishi, xavotirlanishi va qo’rquv hissini samimiy ravishda ochiq-oydin izhor qiladilar;

  • kichik maktab yoshidagi o’quvchilar o’zlarining kuchli emotsional beqarorliklari, kayfiyatlarining tez-tez o’zgarib turishi, affekt holatiga moyilliklari, xursandlik-g’amginlik, g’azab va qo’rquvlarining qisqa muddatli va jo’shqin namoyon bo’lishi bilan ajralib turadilar.

Shaxs sifatida ulg’aygan sari ularda o’z hissiyotlarini boshqarish va yoqimsiz kechinmalarni namoyon bo’lishiga yo’l qo’ymaslik qobiliyati rivojlanadi.
Kichik maktab yoshidagi davr xarakterning ijobiy xislatlarini tarbiyalash uchun katta imkoniyatlarga egadir. O’quvchilarning tez ko’nikuvchanligi va ma`lum darajada ta`sirchanligi, ulardagi ishonuvchanlik, taqlid qilishga moyillik, o’qituvchining katta obro’ga ega ekanligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Tobora ortib borayotgan ijyimoiy talablar va to’g’ri tashkil qilingan ta`lim-tarbiya ishlarining ta`siri bilan kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda mehnatsevarlik, tirishqoqlik, intizomlilik, hamda batartiblik tarkib topadi.
Sekin-astalik bilan o’z xatti-harakatlarini irodaviy tomondan boshqarish qobiliyati rivojlanadi. O’zini tuta bilish va o’z xatti-harakatlarini nazorat qilish hamda tashqi qo’zg’atuvchilarga berilmaslik yuzaga keladi,qat`iyatlilik va qiyinchiliklarni engish o’tish malakasi shakllanadi.
Agar berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishga nisbatan burch hissi o’qituvchilar va ota-onalar tomonidan maqsadga muvofiq ravishda tarkib toptirilgan bo’lsa, III-IV sinflardan boshlab burch hissini anglash sezilarli ravishda namoyon bo’la boshlaydi, lekin bu yoshdagi burch va mas`uliyat hissi hali yetarli darajada barqaror va batamom mustaqil bo’lmaydi.
Tadqiqotchi N.B.Andrianovaning ma`lumotlariga ko’ra, anglangan burch hissining namoyon bo’lishi jihatidan o’quvchilarni to’rt tipga ajratish mumkin:

  • Birinchi tipda burch hissi nisbatan barqaror bo’ladi va hayotiy munosabatlarning keng doirasiga tarqaladi;

  • Ikkinchi tip burch hissining beqarorligi bilan xarakterlanadi, bu tipda burch hissi faqat ayrim axloqiy xatti-harakatlarda namoyon bo’ladi;

  • Uchinchi tipda burch hissi faqat nisbatan tor doirada namoyon bo’ladi (yaqin qarindoshlari va o’rtoqlariga nisbatan);

  • To’rtinchi tip sust rivojlangan burch hissiga ega. Bu tipga taalluqli bolalardan ba`zilari tartib-qoidalarga bo’ysunadilar, lekin ularning itoatkorligi ma`lum zaruriyat bilan bog’liq holda kechadi.


Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling