Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Download 1.53 Mb.
bet67/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

Tafakkur. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tafakkuri, ta`lim olish jarayonida muhim o’zgarishlarga uchraydi. Taniqli rus psixologi L.S.Vigotskiy ko’rsatib o’tganidek, idrok etish va xotira jarayonlari maktab ta`limi boshlanishi oldidan anchagina taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan bo’ladi, kichik maktab yoshidagi davrda esa, aqliy faoliyat tez sur`atlarda taraqqiy etadi.
Aqliy faoliyatning yangi bosqichga ko’tarilishi, idrok va xotirani sifat jihatdan qayta o’zgarishga, ularni ixtiyoriy va boshqariladigan bilish jarayoniga aylanishga olib keladi.
Bolaning maktabga qadam qo’yishi va o’quv faoliyatini egallashi orqali, konkret tafakkurga ega bo’lib boradi. Tabiat va jamiyat hayotida ro’y berayotgan hodisalarni faqat tashqi tomonini bilishdan, asta-sekin ularning mohiyatini anglab yetishga, muhim belgi va xususiyatlarni tafakkurda aks ettirishga o’tadi.
Bu esa, o’z navbatida atrofdagi kishilar, narsalar va voqea-hodisalarni o’zaro bir-biriga taqqoslash, umumlashtirish, dastlabki hulosa chiqarish imkonini beradi, shu asosda bolada sekin-astalik bilan tushunchalar tarkib topa boshlaydi.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar tushunchalarni hosil qilishda, narsa va hodisalar o’rtasidagi muhim aloqalarni aks ettiruvchi belgilarga asoslanadilar.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning aqliy(tahliliy) faoliyati ikkita bosqichni bosib o’tadi:

  • Birinchi bosqichda analiz(tahlil) tasavvurga asoslanib amalga oshiriladi. Tasavvur-ko’rgazmali obraz sifatida narsaning ko’zga ko’rinib turgan belgilarini aks ettirishdan iborat ekan, tasavvur darajasida analiz(tahlil) qilish ham narsaning yaqqol, tashqi belgilarini ajratishdan iboratdir.

  • Ikkinchi bosqichda aqliy analiz(tahlil)ning birmuncha yuqoriroq darajasi, ya`ni tushunchalar asosida analiz(tahlil) qilishdan iborat bo’lib, u ichki, muhim belgilar va xususiyatlarni ajratish bilan bog’liq kechadi.

Aqliy analiz(tahlil)ni uchinchi sinf o’quvchilarida kuzatish mumkin.
O’quv predmetlarini tizimli o’rganishga kirishish munosabati bilan, kichik maktab yoshining oxiriga kelib aqliy analiz(tahlil) sezilarli darajada rivojlanadi.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchining analitik faoliyati ko’rgazmali harakatdan aqliy harakatga tomon va undan mavhum aqliy analiz(tahlil)ga qadar rivojlanadi; ayrim narsa va hodisalar tahlilidan, narsa va hodisalar o’rtasidagi ayrim bog’lanish va munosabatlar tahliliga o’tiladi.
Tevarak atrofdagi narsalar va hodisalar o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlar va munosabatlar tahlili, kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning tabiat va jamiyatda ro’y berayotgan hayotiy tafsilotlarini anglab yetishlarining zaruriy shartdir.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling