Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Download 1.53 Mb.
bet66/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

Xotira. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda so’z-mantiq xotirasi, ya`ni ma`nosiga tushunib eslab qolish salmog’i ortib boradi, bola esda olib qolish, esda saqlash va esga tushirish kabi xotira jarayonlaridan o’z maqsadiga erishish yo’lida foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi, lekin dastlabki davrda birinchi signal tizimi, birmuncha ustunligi tufayli, o’quvchilarda mantiqiy xotiradan ko’ra ko’rgazmali-harakatli yoki ko’rgazmali-obrazli xotira kengroq o’rin tutadi.
Shuning uchun, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar nazariy qoidalardan, mavhum tushunchalardan ko’ra yaqqol ko’rgazmali axborotlar, voqea-hodisalar, obrazlar va narsalarni tezroq hamda mustahkamroq eslab qoladilar va uzoq muddat esda saqlaydilar. Ayniqsa birinchi sinf o’quvchilari ta`limiy materiallarning ichki bog’lanishlariga ahamiyat bermay, ma`nosiga tushunmay eslab qoladilar, o’rganilayotgan materiallarni mantiqiy tahlil qilmay yodaki o’zlashtiradilar.
Xayol. Kichik maktab yoshidagi xayol jarayonlari, bolani qurshab olgan tevarak-atrofdagi taassurotlar, voqea-xodisalar, o’zaro muloqot jarayonidagi kishilar, badiiy tasvirlar(kitoblardagi ertak va hikoyalar, televideniyeda namoyish etilgan filmlar, multfilmlar)ni aks ettirish orqali vujudga keladi.
Tabiat manzaralari, fazoviy tasavvurlar, suratlar, shartli belgilar, noma`lum narsalarning alomatlari, yangi obrazlar jamlanadi. Tanish obrazlarni xotirlash orqali yuzaga keladigan tiklovchi xayol, bolaning ruhiy dunyosida alohida ahamiyat kasb etadi. Ta`lim olish jarayonida bolalarning yorqin, aniq-tiniq, yaqqol tasavvur obrazlari, xayol yordamida muayyan voqelikka aylanadi.
Bilimlarni o’zlashtirish mobaynida hosil qilingan obrazlar tartibga solinadi, yaxlit bir butunlikdan iborat umumlashgan obrazlar tizimi yaratiladi.
O’qish davomida turmush tajribasida to’plangan taassurotlarni qayta tiklash, yangiliklar qo’shish va boyitish, ularni o’zaro birlashtirish, yangi obrazlar, bilish faoliyatining eng muhim omili - ijodiy xayolni takomillashtiradi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling