Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich
Bolaning jismoniy taraqqiyoti
Download 1.53 Mb.
|
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги
Bolaning jismoniy taraqqiyoti. Kichik maktab yoshidagi o’quvchining jismoniy o’sishi, ruhiy taraqqiyot bilan nisbatan uyg’unlikda kechadi, uning bo’yi va og’irligi, o’pkasining havo sig’imi mutanosib tarzda o’sadi, lekin bolaning ko’krak qafasi, qo’l va oyoq suyaklari, umurtqa pog’onasida hali tog’aysimon to’qimalar uchraydi, bu esa tayanch-harakat tizimida to’la suyaklanish amalga oshmaganligidan darak beradi. Bosh miya po’stlaq qismining analitik-sintetik faoliyati yanada takomillashadi, nerv jarayonlarining qo’zg’alishi va tormozlanishi o’rtasidagi munosabat o’zgaradi, ihtiyoriylik kuzatiladi, biroq qo’zg’alish nisbatan ustunlikka ega bo’ladi, shuning uchun ham, kichik maktab y bolaning to’laqonli jismoniy o’sishiga g’amho’rlik qilish, undagi jismoniy toliqishning oldini olish, o’quv faoliyati va dam olish tartibiga qat`iy amal qilish maqsadga muvofiq.
Maktabga kiradigan davr kelgunga qadar bolalar tizimli ravishda ta`lim olish uchun imkoniyatlari yetarli darajada katta bo`ladi, ushbu davrga kelib bolaning shaxs sifatida ulg’ayishi kuzatiladi va quyidagicha namoyon bo`la boshlaydi: ma`lum bir qat`iylikka ega bo`ladilar; o`z oldilariga uzoq muddatli maqsadlar qo`ya boshlaydilar; ba`zi maqsadlariga erishishning uddasidan chiqa oladilar. o`z hatti-harakatlariga ijtimoiy nuqtai nazardan baho berishga ilk bora urinib ko`ra boshlaysilar; burch va javobgarlik hissi namunalari yuzaga keladi. Yetti yoshli bolalarda o’zining hissiy kechinmalarini idora etish tajribasi shakllanadi, bu esa maktab ta`limi uchun juda muhim omil hisoblanadi. Yuqoridagi fikrlar, bolaning maktab ta`limiga psixologik jihatdan tayyorgarlik darajasining oby`ektiv tomonlariga taaluqlidir, biroq psixologik tayyorgarlikning boshqa tomoni, ya’ni suby`ektiv tomonini ham e`tiborga olish lozim bo’ladi. Odatda, maktabga qadam qo’yayotgan 6-7 yoshli bola uchun maktabda o’qishga bo’lgan hohish va intilishi, katta odamlar bilan yangi shaklda o’zaro munosabatda bo’lishga tayyorlanish hosdir. O’qish kerakligi haqida bolada hech qanday shubha yo’q. Bola katta yoshli kishilarga, ya`ni o’qituvchilarga, maxsus ta’limiy-tarbiyaviy vazifalar topshirib qo’yilganini tushunadi va bajonidil qabul qiladi xamda ularning barcha ko’rsatmalarini yaxshilab bajarishga tayyor bo’ladi. Ma’lumki, bu borada ham individual farqlar uchraydi, ayrim bolalar maktabga qushdek uchib borishga tayyor bo’ladilar, o’qish boshlangunga qadar bo’lgan kunlarni sanab yuradilar, 1sentabrdan ancha oldin, o’quv qurollari va maktab formasini tayyorlab qo’yish haqida ota-onalariga murojaat qiladilar. Boshqa bir bolalar maktabga jon-dildan qiziqadilar, lekin vazminlik va ehtiyotkorlik bilan munosabat bildiradilar. Ba’zan ”Yo’q, oyi, menga gapirib ovora bo’lmang! Men maktabga bormayman!” degan gaplarni aytadilar. Bolalar bunday gaplarni kattalarning bolalarni o’ylamay (< Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling