Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


O’smir organizmidagi anatomik-fiziologik o’zgarishlar


Download 1.53 Mb.
bet72/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

9.3.O’smir organizmidagi anatomik-fiziologik o’zgarishlar
O’smir ruhiyatida kuzatiladigan o’ta ta`sirchanlik, jizzakilik, qo`rslik, serzardalik kabi alomatlar hissiy beqarorlikning yorqin ifodasidir.
Ushbu kechinmalarning asosiy sabablaridan biri, jinsiy balog`atga yetish, ichki sekretsiya bezlari, ayniqsa, jinsiy bezlar funksiyalarining faollashuvi va o’smir organizmida ro’y beradigan psixofiziologik o`zgarishlardir.

Ma`lumki, bu davrda o`smirdagi shaxsiy «Men»qaytadan quriladi. Uning atrofidagilarga, ayniqsa, o`z-o`ziga bo`lgan munosabati, qiziqishlari, qadriyatlari yo`nalishi keskin o`zgaradi, o`z shaxsiga bo`lgan e`tibori kuchayadi.
O`smirlik davrida shaxs egosentrizmi(xudbinligi) boshqa davrdagilarga qaraganda eng yuqori darajaga yetadi. Bu davrda o`smir o`z shaxsiyatini boshqalardan ustun ko`radigan, o`ziga ko`proq bino qo`yadigan bo`lib qoladi, ushbu davrda o`g`il bolalarda ham, qiz bolalarda ham shunchaki kattalarga taqlid qilish emas, balki tom ma`noda o`zining xatti-harakatini nazorat qilishi, yurish-turishi, kiyinishi, tashqi ko`rinishiga e`tibor berishi kuzatiladi.

O'smirlik yoshidagi o’gil bolalarning tana tuzilishida nomutanosiblik yuzaga kelib, tovushlari o`zgarib, do`rillab qoladi. Jinsiy balog`atga yetishning boshlanishi tufayli yuzlariga xusnbuzar chiqa boshlaydi, bu o`smir uchun kutilmagan, uncha xush kelmaydigan holatlardir va aynan ana shu holat o`smirlarda ta`sirchanlik va jizzakiligining ortishiga olib keladi.
Ushbu davrda o`smirning tashqi ko`rinishi, shaxsiyatiga oid bildirilgan arzimagan nojo`ya gap, uning uchun jiddiy salbiy kechinmalarning yuz berishiga sabab bo`lib xizmat qilishi mumkin. O’zmirlik yoshidagi qizlarda o`z-o`zini baholash darajasi keskin pasayadi, bu holat qizlarda nafaqat noqulaylik hissini, balki «men hech kimga kerak emasman!», «naqadar xunukman», degan fikrlarni ham tug`diradi. Bunday fikr, bunday baho o`smir qiz uchun qay darajada og`ir ekanligini faqat shu holatni boshidan kechirganlargina his qila olishi mumkin.
Uni o’rab turgan atrofdagi kihshilar, sinfdoshlari, o`qituvchilar, ota-onalar tomonidan o`smir qiz shaxsiyatiga taalluqli bo`lgan arzimagan gap ham unga o`ta haqoratdek tuyuladi, o`smir qizlarning o`z-o`zini baholash darajasi nihoyatda pasayib, ular nafaqat atrofidagilarni, hatto o`z-o`zini ham yomon ko`rib ketadilar.
Ayni shu vaqtlarda o`z ruhiyatida, organizmida ro`y berayotgan bunday o`zgarishlarning asl sababi va mohiyatini tushunib yetmagan ayrim o`smirlar ayrim noxush hodisalarning sodir etilishiga yo`l qo`yishlari mumkin.
Jinsiy balog`atga yetish davrida o`smir organizmida, uning ruhiyatida ro`y beradigan bunday tabiiy o`zgarishlardan xabardor bo`lish, ularning sabablari, kechishi haqida aniqroq ma`lumotlarga ega bo`lish og`ir va murakkab davrning jiddiy, salbiy asoratlarsiz kechishini ta`minlaydi.
Buning uchun birinchi navbatda o`smirlarning yaqin kishilari, ota-onasi, o`qituvchilari hozirgi kun o`smir psixolgiyasi, psixofizilogiyasi masalalariga oid eng zamonaviy ilmiy ma`lumotlardan xabardor bo`lishi va o`smirlar bilan o`zaro munosabatlarda ulardan o`rinli foydalana olish malakalariga ega bo`lishlari lozim.
O`smirlik davrida kuzatiladigan eng muhim anatomik-fiziologik o’zgarishlardan biri, bu jinsiy balog`atga yetish xisoblanadi. Jinsiy balog`atga yetish jarayoni qanday amalga oshadi?
Jinsiy bezlar va u bilan bog`liq bo`lgan jinsiy belgilar, bola hali ona qornidaligidayoq paydo bo`ladi va bola tug`ilganidan boshlab to o`smirlik davrigacha jinsiy rivojlanishni belgilab beradi. Jinsiy bezlar va ularning funksiyalari bola rivojlanish jarayonining yaxlitligi bilan uzviy bog`liq bo`ladi.
Ontogenetik taraqqiyotning ma`lum bir bosqichida jinsiy rivojlanish keskin tarzda jadallashadi va fiziologik jinsiy yetuklik amalga oshadi.
Jinsiy rivojlanishning tezlashishi jinsiy balog`atga yetish davri deb ataladi va u aksariyat hollarda o`smirlik, ilk o’spirinlik yoshiga to`g`ri keladi. Qiz bolalarning jinsiy balog`atga yetishishi, o`g`il bolalarga qaraganda 1-2 yil ilgarilab ketadi. Jinsiy balog`atga yetish nisbatan individual xarakterga ega bo`lib, u vaqti va sur`atiga ko`ra turli bolalarda turlicha kechishi mumkin.
Jinsiy balog`atga yetish muddati va uning jadalligi turlicha bo`lib, u ko`plab omillarga: organizmning salomatlik holati, ovqatlanish me`yori, iqlim, maishiy, ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitlarga hamda asab tizimining xossalariga bog`liq bo’ladi, bunda nasliy xususiyatar ham muhim o’rin tutadi.
O`smir organizmida yurak-qon tomir tizimi, ichki a`zolarning rivojlanishi bir xil darajada kechmaydi, bu esa ko`pincha bosh aylanishi, rangning oqarishi kabi holatlarni yuzaga keltiradi, bosh og`rig`i, tez toliqish, vaqti-vaqti bilan lanjlik, holsizlanish kabilar kelib chiqadi, jinsiy balog’atning salbiy asorartsiz tugallanishi bilan ushbu noxush kechinmlar o’tib ketadi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling