Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich
O’smirlik yoshida “kattalik” va “bolalik” dialektikasi
Download 1.53 Mb.
|
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги
O’smirlik yoshida “kattalik” va “bolalik” dialektikasi
Bu davrda o`smir hayotida, uning ruhiyati, organizmining fiziologik holatlarida, uning ijtimoiy holatida jiddiy o`zgarishlar sodir bo`ladi, aksariyat holatlarda ularda bir-biriga qarama-qarshi bo`lgan turli xil an`analar kuzatiladi, bu davrga kelib o’smir endi «bola» emas va shuningdek «katta odam» ham emas. Uning qiziqishlar olami, ijtimoiy yo`nalganligi qaytadan shakllanadi, o`z-o`zini anglashi, baholashi, qadriyatlari o`zgaradi, shaxsiy «Men»ning ahamiyati ortadi, o’smirlik davri xususiyatlaridan yana biri o`smirlik avtonomiyasidir. Mazkur yosh davrida avtonomiyaning quyidagi ko’rinishlari uchraydi: huquqiy avtonomiya; emotsional avtonomiya; makoniy avtonomiya. Ma`lumki, bola dunyoga kelgan kundan boshlab kimningdir qaramog`iga muhtoj bo`ladi, ota-onasi va boshqa yaqinlari uni oziqlantiradi, kiyintiradi, tarbiyalaydi va bolani muntazam nazorat ostida tutadi, bolani har tomonlama qo`llab-quvvatlaydi va bolaning o’zi ham kattalarga muhtojlik his etib turadi. O`smirlik davrida esa bola o`z hayotini, xavfsizligini ta`minlash borasida nisbatan mustaqillikka erishadi, endi u o`zini-o`zi himoya qila olishi, lozim bo`lsa o`z imkoniyatlari darajasida mehnat qilib, yetarli darajada daromad qilishi, o`z ehtiyojlarini mustaqil ravishda o`zi qondira olishi mumkin bo`ladi. O’smirlik davridan ilk o’spirinlikka qadam qo’yishda, ya`ni 16 yoshda fuqarolik pasporti oladi, yuridik jihatdan mustaqil shaxs hisoblanib, ovoz berish huquqiga ega bo`ladi. Shu kabi huquqiy imkoniyatlarga ega bo`lish, unda huquqiy avtonomiyaning yuzaga kelishini ta`minlaydi, o`smirda o`z xatti-harakati uchun javobgarlik, mas`uliyatlilik hissini yuzaga keltiradi. Ilk yoshdan bola kattalar, ayniqsa yaqin kishilarining qo`llab-quvvatlashi, mehr-muhabbati, erkalashini his qilib o’sadi, maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalarni suyib-erkalab, quchib, boshini silab, yoqimli gaplar orqali hissiy yaqinlik qilinsa, ular bundan quvonib, xursand bo`ladilar va erkalayotgan shaxsga nisbatan talpinadilar. Shuningdek, bolalar o`z tengdoshlari yoki notanish shaxslar bilan bo`ladigan o`zaro munosabatlarida nizoga duch kelganda, ayniqsa tengdoshlaridan «jabrlanganda», «yengila boshlaganida», ota-onasidan va atrofidagi yaqinlaridan dalda, hissiy qo`llab-quvvatlash kutadi va bu borada ularga murojaat qiladi, agar o`z vaqtida hissiy daldani olsa, o`zini erkin, tetik tutadi va quvonib yuradi. O`smirlik davrida esa aksincha, o`smir endi «yosh bola» emas, endi u «katta odam», katta odam esa mustaqil bo`lishi, o`z muammolarini o`zi hal qilishi kerak. Bu davrda kattalar yordamiga murojaat qilish, tengdoshlari tomonidan qoralanadi va buni o`smirning o`zi ham xohlamaydi, endi o`smirlarga kattalar tomonidan oldingidek ko`rsatiladigan iltifot, erkalashlar g’alati tuyuladi. Endi ular kattalarning erkalashlarini, «arzimagan narsalar» uchun bildiriladigan olqishlarni «yoqtirmaydilar», o`z muammolarini o`zlari shaxsan hal qilishga intiladilar. Oldinlari ko`chada, bog`chada, maktabda yuz bergan voqealar haqida uyidagilarga shikoyat qilib ota-onasidan yordam so`ragan bo`lsa, endi oiladan tashqarida birontasidan dakki eshitib, kaltak yeb kelgan taqdirda ham bu haqda ota-onasiga bildirmaslikka harakat qiladi va imkon qadar ota-onalarini uning «ishlariga» aralashmasliklarini xohlaydi, bularning barchasi o`smirlarda bevosita kuzatiladigan emotsional(xissiy) avtonomiya alomatlaridir. O`smirlarda kuzatiladigan avtonomiya holatining yana biri makoniy avtonomiyadir, bunda o`smirlar imkon qadar o`z xonasida yolg`iz qolishga, biron bir ishni bajarayotgan yoki biron bir joyda bo`lgan vaqtlarida imkon qadar yolg`iz bo`lishga, ayniqsa, o`z ota-onasi, oila a`zolari nazaridan chetroqda bo`lishga, o`z o`y-xayollari bilan mashg`ul bo`lib vaqt o`tkazishga harakat qiladilar. O’zmir o`z tengdoshlari, yaqin o`rtoqlari bilangina muloqotda bo`lib o`z ota-onasi bilan imkon qadar kamroq gaplashadi, o`zi bilan o`zi ovora bo`lib qoladi, ayni vaqtda o`smirda kuzatilayotgan ushbu hodisalarning asl sababini tushunmagan ayrim ota-onalar ularning bunday holatidan xavotirlanib, ko`proq qiziqib qoladilar, boshqacha aytganda o’smir avtonomiyasiga «bostirib kiradilar». Bunday holatlar o`smirlar va ularning ota-onalari o`rtasida o`zaro kelishmovchiliklar, nizolarning yuzaga kelishiga sabab bo`lishi mumkin. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling