Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich
Kichik maktab yoshidagi bola rivojlanishining ijtimoiy vaziyatlari
Download 1.53 Mb.
|
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.3. Kichik maktab yoshida bilish jarayonlarini taraqqiyoti Idrok.
Kichik maktab yoshidagi bola rivojlanishining ijtimoiy vaziyatlari
Kichik maktab yoshidagi bolalarning maktab sharoitiga ijtimoiy-psixologik jihatdan moslashish jarayoni, bolaning ta`lim olishida o’ziga xos o’rin tutadi. Bolaning maktab ta`limiga moslashishi 8.2. Yetakchi faolyat sifatida o'quv faoliyatini shakllanishi Odatda 5 ballik tizimda baholanadi, o’quv jarayonining asosiy natijasini ko’rsatib berishga hizmat qiladi; Umumlashga harakterga ega bo’ladi, o’quvchining intilishlari samarasini aks ettiradi; O’qituvchining noto’g’ri bahosi o’quvchining o’z kuchiga bo’lgan ishonch hissining pasayishiga sabab bo’ladi; O’quvchi o’zining shaxsiy faolligini baholashdan ozod bo’ladi; Kichik maktab yoshidagi o’quvchi, o’qituvchi nima uchun unga bunday baho qo’yganligini aniqlashga qiynaladi. 8.3. Kichik maktab yoshida bilish jarayonlarini taraqqiyoti Idrok. Ta`lim berish jarayonida idrok qayta quriladi va rivojlanishning yuqoriroq darajasiga ko’tariladi. O’qituvchi kichik maktab yoshidagi o’quvchilar idrokini tashkil qiladi, ularning oldiga tegishli vazifalarni qo’yadi, ularda idrokni boshqarish va idrok tasavvurlarini nazorat qilish ko’nikmasini shakllantiradi. Idrok etish jarayonida faoliyat saqlanib qoladi, lekin idrok va faoliyat o’rtasida yangicha munosabat yuzaga kela boshlaydi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchining ta`lim olish jarayonida idrok, muayyan bir maqsadga qaratilgan alohida faoliyat shakliga aylanadi, murakkablashib boradi va chuqurlashadi. Bolaning tevarak-atrofni idrok etishida so’zning o’rni va ahamiyati ortadi. Diqqat. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar diqqatini irodaviy zo’r berish orqali boshqarish imkoniyati yetarli bo’lmaydi, buning asosiy sababi ularda ixtiyoriy diqqatning kuchsizligi va beqarorligidir. Ta`lim berish jarayonida ixtiyorsiz diqqatning o’sishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan bo’ladi, o’quv materiallarining yaqqolligi, yorqinligi, jozibadorligi o’quvchida beixtiyor ravishda ijobiy his-tuyg’ular uyg’otadi, darslarni irodaviy zo’r berishsiz o’zlashtirish imkoniyatini oshiradi, o’quv materiallarining turli-tumanligi ixtiyorsiz diqqatning to’planishi, markazlashuvi va barqarorligiga ijobiy ta`sir etadi. Kichik maktab yoshidagi bolalarni o’qitishda odatda ko’rsatmalilik usulidan keng foydalaniladi. Bu dastlabki davrda bolalar faolligini oshirgan holda ijobiy natijalarni beradi, lekin undan muntazam ravishda foydalanish materialni mantiqiy jihatdan anglab yetish, uni tahlil qilish, mavhumlashtirish va umumlashtirishga to’sqinlik qilishi ham mumkin. Ba`zan, o’quvchilarda ko’rsatmalilikka nisbatan dinamik stereotip paydo bo’ladi, shuning uchun bolaning diqqatini jalb etadigan yorqin materiallardan aralash holda foydalanish yaxshi samara beradi. Bolaning faqat diqqatni jalb etadigan yaqqol ma`lumotlarni o’zlashtirishga berilib ketishi, uni asosiy maqsaddan uzoqlashtiradi, bola tashqi belgilarga e`tibor berishga odatlanib, ichki muhim bo’lgan alomatlarga e`tibor bermay qo’yadi. Ma`lumki, ixtiyorsiz diqqat ta`lim jarayonida o’quvchilarning qiziqishi bilan bevosita uyg’unlashib ketadi, tabiiyki, ular faqat maroqli, quvonchli axborot va matnlar bilan tanishishga intiladigan bo’lib qoladilar. Ushbu zararli odatlanish, murakkab o’quv materiallarini egallashda qiyinchiliklar tug’diradi. Rus pedagogi K.D.Ushinskiy, bolani faqat o’zini qiziqtirgan narsa bilan emas, balki unga qiziqarli bo’lib tuyulmagan narsa bilan ham shug’ullanishga o’rgating, shunda bola o’z o’quvchilik burchini bajarishdan qanoatlanish hissi paydo bo’lganligi uchun ishlaydigan bo’lsin, deb uqtirgan edi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling