Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Bolaning kattalar bilan muloqoti


Download 1.53 Mb.
bet57/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

Bolaning kattalar bilan muloqoti

Ilk bolalik davriga qadam qo’yish, bolaning kattalar bilan o’zaro muloqot doirasi yangi bosqichga o’tganligidan darak beradi. Bola dastlabki so’z va atamalarni o’zlashtirishi uchun kattalar unga qiziqarli yo’l-yo’riq va ish-harakatlarni ko’rsatishlari lozim. Tevarak-atrofdagi yangi predmetlar va amaliy harakatlarni o’zlashtirish, bolaning maqsadli faoliyatini muayyan yo’nalishga burib yuborishi mumkin. buni vujudga kelgan ichki shart-sharoitlar taqozo etadi.
Bolalarning kattalar bilan o’zaro muloqotida qo’llaydigan dastlabki “so’z”lari o’ziga xos bo’lib, bir necha ma`noni anglatadi. Tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan kuzatishlar asosida, so’zlar ko’p ma`noliligi jihatidan bir necha guruhga mansub, deya xulosa chiqarish mumin:

  • Narsaning biror vazifani bajarishini, uning xossasini ko’rsatishga qaratilgan so’zlar: «f-f-fu», «pa-pa » - gugurt, pechka, choynak, dazmol kabilar;

  • Narsalarning yondoshlik belgisiga qarab nomlash: «an-na» - devorga osilgan narsalar, qo’shni xonadan eshitilgan tovushlar;

  • Tashqi belgisiga asoslanib nomlash: «kx-kx» - mushuk, soch, mo’yna, junli mato va boshqalar;

  • Narsalarning tovush chiqarishiga qarab nomlash: «lya-lya» - telefon, pianino, radio, televizor, musiqa asboblari va boshqalar.

Ilk bolalik davrida nutqning o’sishi ikki xil usulda amalga oshiriladi:

Rus psixologiya maktabining taniqli psixologlari L.S.Vigotskiy, P.P. Blonskiylarning qarashlariga ko’ra, bolada paydo bo’lgan daslabki so’zlar go’daklik davridan ilk bolalik davriga o’tishning eng muhim jihati va sharti hisoblanadi. Predmetli harakat va uni ifodalaydigan so’zning o’zaro bog’lanishi bolaning mustaqil faoliyatni amalga oshirishi uchun zarur sharoit yaratadi.
Yirik psixologlar V.Shtern, K.Byuler tadqiqotlarida ko’rsatib o’tilishicha, bola qo’llaydigan dastlabki so’zlar ikkita muhim xususiyatga ega:

  • bolaning aytgan so’zlari, kattalar nutqidagi so’zlardan fonetik jihatdan keskin farqlanishi;

  • bolaning nutqi o’zining qamrovi bo’yicha ko’p ma`noli xisoblanadi;

Bola qo’llaydigan so’zlar, iboralar, aynan ma`lum bir predmetni emas, balki bir qator narsalar va hatti-harakatlarning nomini anglatadi.
Godaklik davridan ilk bolalik yoshiga o’tgandan so’ng, ona va bolaning muloqot ko’lami yanada kengayib boradi, faqatgina so`zlar bilan emas, balki yuz ifodasi, imo - ishora, gavda harakatlari, ohang va vaziyat kabilar orqali amalga oshiriladi. 2 yoshli bolaning yonida turgan o`yinchoqni onasi “menga olib ber” deb o`yinchoqni ko`rsatsa, bola uni olib beradi. “Mumkin emas” degan so`z bolaning harakatlarini to`xtashiga signal bo`lib xizmat qiladi. Masalan, elektr jihozga qo’l cho’zganda, qizib turgan dazmolga qo`lini yaqinlashtirganda, oyoq kiyimlarini ko’tarib olayotganda ushbu so`zni aytilishi harakatlarini to`xtashiga olib keladi.


    1. Download 1.53 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling