Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich
Bir yoshgacha bo’lgan davrda muloqotning rivojlanishi
Download 1.53 Mb.
|
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.5. Go’daklik davrida sensomotor(hissiy-harakatli) funksiyalarning rivojlanishi
5.5. Go’daklik davrida sensomotor(hissiy-harakatli) funksiyalarning rivojlanishi
Go’daklik davrida kattalar bilan faol muloqotga kirishish ehtiyoji paydo bo’ladi va ushbu jarayon, nutqni egallash davrigacha muloqotning o’ziga xos yangi shakli sifatida bolaning ruhiy taraqqiyotida muhim o’rin tutadi. Bir yoshgacha (go’daklik)davrda paydo bo’lgan ehtiyojning tobora chuqurlashib borishi, aynan ushbu davrda muloqot doirasining cheklanganligini inqirozli vaziyatlarni keltirib chiqaradi. Yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar o’z echimini nutqni o’zlashtirish davrida barham topadi va bola ruhiy taraqqiyotining bir bosqichdan ikkinchisiga o’tayotganligini ifodalaydi. Ta`sirlanish tuyg’usi avval umumiy xususiyatga ega bo’ladi, keyinchalik (4-5 oylikda) o’zining yaqin kishilarini tanish va begonaga ajratish bilan yakunlanadi. Yaqin kishilar go’daklik yoshidagi bolada chuqur ijobiy kechinmalar hosil qilsa, begonalar tabassum va quvonch hislarini butunlay to’xtatishga olib kelishi ham mumkin, katta yoshdagi odamlar go’dak uchun dastlabki tanish jarayonining ob`ektiga aylanadilar va muloqot davomida ijobiy ta`sirlanish tuyg’usini paydo qiluvchi qo’zg’atuvchi vazifasini o’taydilar. Insonga qaratilgan ta`sirlanish tuyg’usi vaqt o’tishi bilan turli narsalarga ham ko’chadi, kattalar qo’lidagi o’yinchoq, bolada quvonch va jonlanish hissini uyg’otadi, yorqin va tovushli o’yinchoqlar bolaning nigohini o’ziga jalb etadi, amaliy harakatlar kattalar yordamida ro’yobga chiqadi. Go’daklik yoshidagi bola 6 oylikka yetganda, uning kattalar bilan muloqotga kirishish jarayoni ikki xil ahamiyat kasb etadi, dastlabki davrda o’zaro muloqot bir tomonlama, faqat kattalarning ta`sir o’tkazishi bilan cheklangan bo’lsa, endi bolaning ularga javob reksiyasi sifatidateskari aloqa ham vujudga keladi. Go’daklik yoshidagi bola kattalarning kiyimini tortqilaydi, hiqillaydi va yig’laydi, mazkur psixik holat bolaning kattalar bilan muloqoti yangi bosqichga ko’tarilganidan dalolat beradi. Go’dakning katta odamlarga qo’yadigan talablari qat`iy ohangda, so’z bilan ifodalanmasa-da, uning bevosita yordamga muhtoj ekanligini bildiradi, masalan, qo’lidan o’yinchoq tushib ketsa, o’ynayotgan koptogi uzoqqa dumalab ketsa, charchasa va shu kabi boshqa hollar ro’y bersa, kattalarni yordamga chaqiradi, ularga tovush chiqirib signal beradi. Bola hayotining ikkinchi yarim yilligida kattalar nutqini idrok etish va uni tushunish jadal sur`atda o’sib boradi, chunki ona bolani parvarishlash va taribyalash jarayonida o’z hatti-harakatni tushunchalar, so’z birikmalari, atamalar ko’magida amalga oshiradi, predmet va harakatning uzviy bog’liqligini ko’rsatib berishga intiladi. Ma`lumki, har bir narsa va xodisa o’z nomi bilan ifodalanadi, bola uchun onaning nutqini tushunish va ilg’ab olish birmuncha engillashadi. Bolaning o’zaro hamkorlikdagi (ota-ona, yaqin kishilari ishtirokida) o’yin faoliyati ham nutq faoliyati bilan chambarchas bog’liq holda kechadi. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling