Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich
Go’daklik davrining psixologik tavsifi
Download 1.53 Mb.
|
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.4. “Jonlanish kompleksi” va uning belgilari
Go’daklik davrining psixologik tavsifi
Go’daklik yoshidagi bolaning hayot tarzi, uni parvarish qilayotgan kattalarga bevosita bog’liq holda kechadi. Uning barcha istak-hohishlari, yuzaga kelgan ehtiyojlaru va talablari faqat kattalar yordamida amalga oshiriladi. Kattalar bolani tevarak-atrof va uhdagi narsalar bilan tanishtiradilar, uning fazodagi joylashuvini muttasil ravishda o’zgartirib turadilar, natijada unda ko’rish, eshitish, teri tuyush, harorat sezgilari yanada takomillashadi. Go’daklik yoshidagi bola uchun yaratilgan ob`ektiv va sub`ektiv shart-sharoitlar uning jismoniy va ruhiy taraqqiyotini belgilab beruvchi muhim omil vazifasini o’taydi. O’yinchoqlar yorqin rangi, shakli va tovushi bilan bolaning diqqatini o’ziga tortadi, o’zaro muloqot jarayonida o’yinchoqlarni ushlashga o’rgatish, mashqlar natijasida bola ularga talpinadigan va qo’l cho’zadigan bo’ladi. 6 oylardan so’ng bola kattalar yordamida o’rinda dumalash, o’tirish, tik turish va emaklash kabi harakatlarni amalga oshirishni o’rganadi. 5.4. “Jonlanish kompleksi” va uning belgilari D.B.Elkoninning fikricha, kattalar go’dakni qurshab turgan voqelikning markazida turuvchi muhim tarkibiy qismi hisoblanib, uning har qanday ehtiyojini qondirish bilan bog’liq muammolar uchun tayanch vazifasini bajaradi. Kattalar bola ishtirok etayotgan faoliyatni jonlantiradilar, uni o’rab turgan predmetlar borgan sari uning nigohini o’ziga tortib, qo’zg’atuvchi vazifasini bajaradi hamda qidirish, mo’ljal olish, chamalash faoliyatini shakllantiradi. 3-4 oylardan so’ng, bolada o’zini parvarish qilayotgan yaqin kishilarga bog’lanib qolish sodir bo’ladi, shu sababli o’z onasini xursandchilik bilan kulib qarshilaydi va unga talpinadi, 6 oydan so’ng boshqa yaqinlarini ham ajratadi. O’yin faoliyatidagi tabassum, jonlanish, shodlik tuyg’ulari avval faqat kattalar ishtirokida aks etgan bo’lsa, vaqt o’tishi bilan bevosita o’yinning o’zi ham bolada quvonch hissini bag’ishlaydi. Go’dak bir yoshga to’lishi bilan kattalarning xatti-harakatlarini kuzatishdan tashqari, unda asta-sekin ularning faoliyatida ishtirok etish istagi paydo bo’ladi, bola o’zi alohida bajaradigan faoliyat turidan hamkorlikdagi faoliyat turini ham o’zlashtira boshlaydi, bu esa uning tevarak-atrof bilan kechadigan muloqot doirasini kengaytirishga xizmat qiladi. Tadqiqotchi N.M.Askarinaning fikricha, katta yoshdagi odamning tabassumi yoki yoqimli ovozidan boshqa xech qanday qo’zg’atuvchi, go’dakda quvonch va shodlik his-tuyg’usini yuzaga keltira olmaydi, shu sababli u bilan yoqimli ohangda va samimiy muloqotda bo’lib turish lozim.
Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling