Shaxs hayot yo’lining epigenetik nazariyasidagi asosiy tushinchalar
(E.Erikson bo’yicha)
Tadqiqotning asosiy predmeti
|
Shaxsning yoshga ko’ra rivojlanishi, hayot bosqichlari, har bir yosh davriga xos bo’lgan umumiy muammolar
|
Tadqiqot metodlari
|
Klinik xolatlarni tahlil qilish metodi, onalik va tarbiya usullarini etnografik tadqiq etish, psixikani tarixan o’rganish metodi.
|
Asosiy tushunchalar
|
Men (Ego), o’xshashlik(bir hillik), ego-o’xshashlik, guruhiy o’xshashlik, rivojlanishning psixosotsial masalalari, rituallashtirish.
|
Asosiy g’oyalari
|
Rivojlanish bosqichlari genetik ravishda belgilab qo’yilgan, universal, ularning amalga oshish tartibi o’zgarmasdir.
|
Taraqqiyot omillari
|
Ichki (yetilish) va tashqi (jamiyat tomonidan qo’yilgan talablar va kutishlar, ijtimoiy vazifalar)
|
Tanqidiy yo’nalishlari
|
Nazariyaning umumiy konseptual yoyiqligi va ayrim, hatto asosiy tushunchalar, masalan “o’xshashlik”, “sodiqlik”, “umid” kabilarning mavhumligi. Psixosotsial konsepsiyadagi empirik tekshirishning yetarli emasligi.
|
Qimmatli tomoni
|
Psixoanalitik nazariyani kegaytirdi va boyitdi, “Ego-Men” ning moslashuvchi funksiyalarini, sog’lom rivojlanish imkoniyatlari va qiyinchiliklarini tahlil qildi. “Ego-Men” ning shakllanishi uchun faqat oilaning o’zi emas, balki keng miqyosdagi madaniy va tarixiy shart-sharoitlarnig ahamiyati ham ko’rsatib o’tildi.
Individning butun hayot yo’lini qamrab oluvchi (godaklikdan to qarilik yoshigacha bo’lgan davr) sanoqli nazariyalardan biri, har bir yosh bosqichida sifat o’zgarishlari alohida ko’rsatib o’tiladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |