Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Download 1.53 Mb.
bet40/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

Fallik bosqich. Ushbu davr 3 yoshdan 5 yoshgacha davom etadi, bu davrda jinsiy identifikatsiya shakllanadi. Freydning psixoanalitik nazariyasiga ko’ra, o’gil bolalarda “Edip kompleksi”, qiz bolalarda “Elektra kompleksi” aynan mana shu yosh davrida kuzatiladi.

  • Mazkur yosh davrining oxirlariga kelib, ong tarkibidagi uchta yaxlit tuzilma(“Id-U”, “Ego-Men”, “Super ego-Oliy Men”) deyarli to’laligicha shakllanib bo’ladi va o’zaro ziddiyatlarga kirisha boshlaydi. Asosiy o’rinni “Ego-Men” qo’lga kiritadi, o’tmish xotiralarini yodga olish va tafakkur orqali “Id-U”ning buzg’unchi g’oyalariga qarshi kurashadi, shu bilan birga “Super ego-Oliy Men”ning o’ta qat`iy talablariga ham qarshilik ko’rsatadi.

  • Latent bosqich. Boshqa yosh davrlariga nisbatan olganda osoyishtalik bilan kechadi, 6-7 yoshdan 12 yoshgacha davom etadi.

  • O’quv maskanlarida ta’lim olish, sport bilan shug’ullanish, o’z tengdoshlari, do’stlari bilan o’zaro muloqotga bo’lgan ehtiyoj ortadi.

  • “Ego-Men” tuzilmasi “Id-U”dan kelayotgan instinktiv mayllarga bo’lgan ehtiyojlarni to’la nazorat qila oladi. Jinsiy mayllardan xoli bo’lish, tabiiy va ijtimoiy sohaga oid bilimlarni egallash insoniyatning ijtimoiy-tarixiy, madaniy, ma`naviy boyliklari va qadriyatlarini o’zlashtirish imkonini beradi.

    Shaxs tuzilmasida quyidagi fazilatlar shakllanadi:

    • o’z-o’zini kuzatish;

    • aql bilan ish yuritish;

    • aql, oqillik;

    • hukm o’tkazishga intilish;

    • maqtanchoqlik;

    • erkak kishiga xos xulq-atvor.

    • Genital bosqich. (12-18 yosh) – Anatomik-fiziologik jihatdan balog’atga yetish bilan kechadigan davr, organizmning tabiiy yetilish bosqichi, agressiv qo’zgalishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu yoshda jinsiy va tajovuzkor mayllar oqimi kuchayadi. “Ego-Men” tuzilmasi “Id-U”dan kelayotgan tjovuzkor mayllar bilan kurashishiga to’g’ri keladi. “Men” timsolidagi ichki ta`qiqlar va aql-idrok, hayol tasavvurlari tajovuzkor harakatlarni to’xtatib turadi.


    Download 1.53 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   115




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling