Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Z.Freydning psixoanaliz nazariyasi


Download 1.53 Mb.
bet38/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

Z.Freydning psixoanaliz nazariyasi

Tadqiqotning asosiy predmeti

Shaxsning rivojlanishi

Tadqiqot metodlari

Klinik xolatlar tahlili, erkin assotsiatsiyalar metodi, naqllar, matallar, tushlar va boshqa xolatlar tahlili.

Asosiy tushunchalari

Psixikaning darajalari (ong, ong osti, ongsizlik), shaxs tuzilmasi (Id, Ego, Super-Ego), psixologik ximoya, shahvoniy quvvat (libido), shahvoniy instinkt, hayot va o’lim instinkti, psixoseksual rivojlanish bosqichlari, erogen zonalar, rohatlanish va reallik tamoyillari, identifikatsiya, nizolar.

Asosiy g’oyalari

Bolaning tashqi dunyo bilan dastlabki qarama-qarshiligi, bola shaxsining rivojlanishi – individning ijtimoiy olamga moslashishi sifatida. Shaxsning rivojlanishi va psixoseksual taraqqiyotning birgalikda kechishi. Bola shaxs sifatida dastlabki 5 yil mobaynida jadal sur`atda ulg’ayadi va jinsiy balog’atga yetishi bilan yakunlanadi.

Rivojlanish omillari

Ichki (biologik yetilish, jinsiy taraqqiyot, jinsiy quvvat yo’nalishining qayta qurilishi) va tashqi (ijtimoiy, ota-onalar bilan muloqotning ta`siri).

Tanqidiy yo’nalishi

Mifologik haraketrda ekanligi, qat`iy belgilangan tadqiqot metodlari va statistik ma`lumotlarning yo’qligi, olingan ma`lumotlarni tekshirishdagi qiyinchilklar, o’smirlik yoshidan tashqari davrlardagi rivojlanish imkoniyatlariga ishonchsizlik bilan qarash.

Qimmatli tomoni

Rivojlanishning o’sib borish konsepsiyasi, odamning rihiy olami bir butunlikda ekanligi ko’rsatib berilgan, bolalik davrining ahamiyati, ota-ona ta`sirining muhimligi va uzoq muddatli ekanligi.
Bolaning ichki-ruhiy olamiga katta e`tibor qaratish g’oyasi.




Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling