Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich
Salbiy mustahkamlash vaziyatdan nimanidir chiqarib tashlaydi
Download 1.53 Mb.
|
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги
Salbiy mustahkamlash vaziyatdan nimanidir chiqarib tashlaydi
Bola, ota-ona noroziligidan qochish uchun o’zining joniga tekkan ishni bajaradi. Bolaga yon berayotgan ota-ona, uning tajovuzidan qochib, ana shu ishni bajaradi. Birlamchi Birlamchi ehtiyojlarni to’g’ridan-to’g’ri qondirishga asoslanadi. Oziq-ovqat, suv, kuchli sovuq va issiq havo, og’riqli xolatlar mustahkamlash shakllari sanaladi. Shartli Daslabki xolis qo’zg’atuvchi, birlamchi mustahkamlash shakllari bilan uyg’unlashib ketadi. Shartli mustahkamlash, pul. mehr-muhabbat, boshqalarning diqqat-e`tibori va qo’llab quvvatlashi kabi ko’rinishlarda aks etadi. Jazolash Jazolash, salbiy xulqni bosib turadi. Jazolash, ijobiy xilqni mustahkamlashdan mahrum etish yoki salbiy xulqni mustahkamlashdan iborat bo’ladi. Biroq jazolash barqaror samaraga ega bo’lmaydi: jazo, yoqimsiz xulqni to’xtatishi mumkin, lekin jazoning ortga surilishi, uni yana yuzaga chiqadi; jazo beruvchining odatiga aylanadi, aybdorga davomiy tarzda ta`sir etmaydi; jazolash, odam nima qilishi mumkin emasligini ko’rsatadi, lekin qanday harakat qilishi lozimligini aniqlamaydi! Ushbu bobni yakunlash davomida xulosa qilib aytish mumkinki, psixik rivojlanishni o’rganish bo’yicha bir qator nazariyalar va yondashuvlar mavjud bo’lib, g’oya mualliflari o’z qarashlarini bayon qilganlar. Bolalar psixologiyasi sohasining yirik vakili, avstriyalaik psixolog Karl Byuler bola psixik taraqqiyotini biologik qonuniyatlar asosida tushuntirib berishga harakat qilgan. Uning asosiy nuqtai-nazari, xayvonlar psixikasining evolyutsion qonuniyatlarini bola psixik taraqqiyotiga ko’chirish, bola psixikasini, xayvon va madaniylashgan katta odam psixikasini bog’lab turuvchi qism sifatida e`tirof etishida aks etadi. Amerikalik psixolog Stenli Xoll biogenetik qonunga tayangan holda, har bir bola o’z individual taraqqiyoti davomida insoniyatning tarixiy bosqichlarini takrorlab o’tadi degan fikrni ilgari suradi. S.Xoll rekapitulyatsiya nazariyasiga ko’ra, biogenetik qonunni bolaning ontogenetik taraqqiyotiga to’g’ridan-to’g;ri ko’chiradi, ya`ni uning fikriga ko’ra bola o’zining psixik rivojlanishida insoniyatning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini qisqacha takrorlaydi. Amerikalik psixolog Arnold Gezzel bolaning jamiyatga qo’shilishi va shaxs sifatida ulg`ayishi ham biologik omillar ta`siri ostida kechadi degan fikrni ilgari suradi. Bolaning psixik rivojlanishini tadqiq etishda uzoq muddat talab etadigan longityud(uzunasiga va ko’ndalang kesma) metodidan foydalangan, asosiy e`tiborni organizmda ro’y berayotgan miqdor o’zgarishlariga qaratgan. L.Termen o’zining me`yoriy yondashuvida, intellekt koeffitsiyenti (IQ) tushunchasini kiritgan, intellektning yoshga, jinsga, oiladagi nechanchi farzandligi, irqiy belgilar, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy maqomi, ota-onalarning ma`lumotiga bog’liqlik darajasini aniqlashga doir bir qator tekshirishlar olib borgan. V.Shtern konvergensiya nazariyasida tashqi ijtimoiy muxitni, irsiyat orqali belgilangan psixik xususiyatlar va xislatlarning ro’yobga chiqishini tezlashtiruvchi yoki tormozlovchi omil sifatida qayd etadi, ushbu yondashuv zamonaviy psixologiyada keng tarqalgan ayrim nazariyalarga asos bo’lib xizmat qiladi. Neobixeviorizm oqimining taniqli vakillaridan biri Berrens Skinnerning fikriga ko’ra, odamning xulqi, tashqi muxit ta`siri ostida yuzaga keladigan vositalar(rag’batlantirish yoki jazolash)ga uzviy ravishda bog’liq, shuning uchun bola tarbiyasi muayyan bir stereotip(qolip)lar orqali amalga oshiriladi. Uning ko’rsatishicha, odamning xulqi uning ehtiyojlari bilan emas, balki uni o’rab turgan tashqi muxit orqali belgilanadi, odamning tashqi muxit ta`sirini qabul qilishi va o’zida mustahkamlay olish qobiliyati, o’z-o’zini saqlash instinkti negizida amalga oshiriladigan mashqlar orqali shakllanadi. Deyarli barcha ilmiy nazariyalar psixik taraqqiyot masalasiga, irsiyat va tashqi muxitning o’zaro aloqadorligi nuqtai-nazaridan yondashaganlar. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling