Samaradorlik qonuni. Muayyan bir vaziyatda qoniqish hissini yuzaga keltiradigan har qanday harakat akti (faollik), bir-biriga bog’lanadi hamda vaziyat takrorlanganda aynan unga mos keladigan harakat aktining ehtimoli ortadi.
Assotsiativ yuksalish qonuni. Qo’zg’atgichlarni bir vaqtning o’zida ta’sir ko’rsatishida, ulardan biri reaksiyani hosil qiladi, qolganlari ham aynan shu reaksiyani yuzaga keltirish qobiliyatiga ega bo’lib boradi.
Mashq qonuni. Bir hil shart-sharoitlardagi muammoli vaziyatga nisbstan javob reaksiyasi, takrorlash chastotasi va kuchiga to’g’ri proporsionaldir
Tayyorgarlik qonuni. Mashqlar organizmning javob reksiyalariga bo’lgan tayyorgarligini o’zgartiradi.
Uotson Jon (1878-1958)
Amerikalik psixolog, bixeviorizm oqimining asoschisi, ushbu oqimning manifesti sifatida Jon Uotsonning – «Bixeviorist nuqtai-nazarida psixologiya» (1913 yil) nomli maqolasi e’tirof etiladi.
Bixeviorizm individ(xayvon va odam)ning tug’ilganidan to umrining oxirigacha bo’lgan xulqini o’rganishni taklif etadi.
Xulqni tahlil qilish birligi sifatida S – stimul va R – reaksiyaning bog’lanishi nazarda tutiladi.
Uotson uy sharoitida bolalarda tajribalar o’tkazadi, shu orqali uqib olish harakatlarini tadqiq etadi.
Tajribalar rus fiziologi I.P.Pavlovning itlarda shartli reflekslarni hosil qilish sxemasi asosida amalga oshiriladi.
REAKSIYALAR TASNIFI
Kelib chiqishiga ko’ra:
«Yopiqlik» darajasiga ko’ra:
Tashqi – oddiy kuzatish mumkin bo’lganlari (nutq, emotsiyalar, reflekslar).
Ichki – maxsus uskunalar orqali bilvosita kuzatish mumkin bo’lganlari (organizmdagi fiziologik va kimyoviy o’zgarishlar, muayyan qo’zg’atgichlarga nisbatan reaksiya sifatida).
Do'stlaringiz bilan baham: |