Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


A.Gezzelning balog’atga yetish nazariyasi


Download 1.53 Mb.
bet29/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

A.Gezzelning balog’atga yetish nazariyasi

Tadqiqotning asosiy predmeti

Bolaning tug’ilganidan to jinsiy balog’atga yetguniga qadar kechadigan, ruhiy taraqqiyotining mazmuni va sur`ati.

Tadqiqot
Metodlari

Kuzatish (maxsus jixozlangan binoda foto va kino kameralar orqali), testlar, ota-onalar uchun so’rvnmalar, longityud, sog’lom va bemor bolalarning, egizaklarning rivojlanishini o’zaro taqqoslash.

Asosiy tushunchalar

Balog’atga yetish, rivojlanish, xulq-atvorning o’sishi, taraqqiyotning bir maromda kechishi, o’sish (rivojlanish) tezligi.

Asosiy g’oyalar

Psixik taraqqiyotning asab tizimiga bog’liqligi, psixik taraqqiyot sur’atining notekisligi, psixik taraqqiyotni nazorat qilish zarurati.

Taraqqiyot
Omillari

Biologik omil, organizm balog’atining genetik jihatdan belgilanishi (preformizm)

Tanqidiy yondashuv

Rivojlanishning biologik asoslariga nisbatan urg’u berilishi - «empirik evolyutsionizm» (L.S.Vigotskiy), me`yorlarni mutloqlashtirish, bir yosh davrida olingan ma`lumotlarni, qolganlariga ham birdek tatbiq etish.

Qiymati



Psixologik tadqiqotlarga yangi metod va metodikalarning joriy etilganligi. Kuchli empirik manba. Bolalik davrini chuqur tahlil etilishi. Balog’atga yetish jarayoniga katta e’tibor qaratilishi.

A.Gezzel (1880-1961) – tibbiy va pedagogik ma`lumot olgandan so’ng 30 yil Yel psixoklinikasida ishlagan, uning asosida “Bolalar rivojlanishi bo’yicha Gezzel” instituti tashkil etilgan. Bolaning tug’ilgan davridan to o’spirinlikkacha bo’lgan psixik taraqqiyotini tashxis qilishning amaliy tizimini ishlab chiqqan, u ruhiy taraqqiyotning meyoriy va patologik shakllarini taqqoslashga oid tekshiirishlarga asoslanadi. Kuzatishlar ob`ektiv bo’lishi uchun Gezzel tomonidan birinchi marta “Gezzel oynasi” (yorug’likni yarim o’tkazuvchi oyna) qo’llanilgan.
Psixologiyaga bolaning tug’ilganidan to o’smirlik yoshigacha bo’lgan davridagi ruhiy taraqqiyotini longityd o’rganish metodini kiritgan.
Ruhiy taraqqiyotni o’rganishning ko’ndalang va uzunasiga kesma metodlaridan foydalangan, asosiy e`tiborni organizmda ro’y berayotgan miqdor o’zgarishlariga qaratgan. Monozigotali egizaklarni o’rgangan va birinchilardan bo’lib, balog’atga yetish davrini tahlil etishda xizmat qiluvchi egizaklar metodini qo’llagan. Normal taraqqiyotning xususiyatlarini chuqurroq tushunish uchun, ko’zi ojiz bolaning psixik taraqqiyotini tadqiq etgan.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling