Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


L.Termenning me`yoriy yondashuvi (1887-1956)


Download 1.53 Mb.
bet30/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

L.Termenning me`yoriy yondashuvi (1887-1956). 1916 yilda A.Binening testlarini amerikalik bolalarda sinash orqali standartlashtirdi, undagi shkalalarni
kengaytirdi va aqliy qobiliyatlarni o’lchash uchun testlarning yangi variantini ishlab chiqdi. L.Termen intellekt koeffitsiyenti (IQ) tushunchasini kiritdi va faktlar asosida uning butun umr mobaynida doimiy xolatini saqlab qolishini asoslashga
harakat qildi. Intellektning yoshga, jinsga, nechanchi farzandligiga, irqiy belgilarga, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy o’rniga, ota-onalarning ma`lumotiga bog’liqlik darajasini aniqlashga oid bir qator tekshirishlar o’tkazdi.
Psixologiyada eng uzoq davom etgan longityd tadqiqotlardan birini o’tkazdi, ushbu tadqiqot qariyb 50 yil davom etdi. IQ=140 va undan yuqori bo’lgan 1500 ta iqtidorli bola tanlab olindi va ularning rivojlanishi kuzatib borildi.
Tadqiqotlar 70-yillarning o’rtalarida L.Termenning vafotidan so’ng nihoyasiga yetkazildi. «Daho» - atamasi, sog’lom, aqliy darajasi yuqori, ishchan qobiliyatga ega bo’lgan va ta`lim sohasida boshqalarga qaraganda yuksak natijalarga erishgan kishilarga nisbatan qo’llanilgan!

A.Gezzelning balog’atga yetish nazariyasi

Tadqiqotning asosiy predmeti

Bolaning tug’ilganidan to jinsiy balog’atga yetguniga qadar kechadigan, ruhiy taraqqiyotining mazmuni va sur`ati

Tadqiqot metodlari

Kuzatish (maxsus jixozlangan binoda foto va kino kameralar orqali), testlar, ota-onalar uchun so’rvnmalar, longityud, sog’lom va bemor bolalarning, egizaklarning rivojlanishini o’zaro taqqoslash.

Asosiy tushunchalar

Balog’atga yetish, rivojlanish, xulq-atvorning o’sishi, taraqqiyotning bir maromda kechishi, o’sish (rivojlanish) tezligi.

Asosiy g’oyalar

Psixik taraqqiyotning asab tizimiga bog’liqligi, psixik taraqqiyot sur’atining notekisligi, psixik taraqqiyotni nazorat qilish zarurati.

Taraqqiyot omillari

Biologik omil, organizm balog’atining genetik jihatdan belgilanishi (preformizm)

Tanqidiy yondashuv

Rivojlanishning biologik asoslariga nisbatan urg’u berilishi - «empirik evolyutsionizm» (L.S.Vigotskiy), me`yorlarni mutloqlashtirish, bir yosh davrida olingan ma`lumotlarni, qolganlariga ham birdek tatbiq etish.

Qiymati

Psixologik tadqiqotlarga yangi metod va metodikalarning joriy etilganligi. Kuchli empirik manba. Bolalik davrini chuqur tahlil etilishi. Balog’atga yetish jarayoniga katta e’tibor qaratilishi.




Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling