Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Download 1.53 Mb.
bet41/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

4.3. Ijtimoiylashuv muammosi
Bolaning shaxs sifatida ulg’ayib, kamol topishida uning ijtimoiylashuv jarayonlari muhim o’rin tutadi. A.V.Mudrik shaxsning ijtimoiylashuv jarayoniga ta`sir ko’rsatuvchi omillarning uchta guruhini ajratib ko’rsatadi:

  • makroomillar(koinot, yer kurrasi, dunyo, davlat, jamiyat);

  • mezoomillar(mezo-,,o’rta”, ,,oraliq”) kishilarning etnik belgilarga ko’ra birlashishi, yashash manziliga ko’ra, ommaviy axborot tizimiga ko’ra ijtimoiylashuvi;

  • mikroomillar - kishilarga bevosita ta’sir ko’rsata oladigan ijtimoiylashuv o’choqlari(Oila, tengdoshlar davrasi, tashkilot, muassasa, mahalla, ta’lim maskanlari, mehnat jamoalari, jamoat tashkilotlari).

Mikroomillar shaxsga ijtimoiylash jarayonining o’ziga xos ,,ko’mak”chilari orqali ta’sir etadi, chunki uning hayoti va faoliyati ular bilan o’zaro hamkorlikda kechadi, har bir yosh davri uchun ko’makchilar tarkibi turlicha bo’ladi.
Bolalar va o’smirlarga nisbatan ota-ona aka-uka va opa-singillar, qarindoshlar, tengdoshlar, qo’shnilar, o’qituvchilar ,,ko’makchi” vazifasini bajarishsa, o’spirinlik va yoshlik davrida ular safiga ularning turmush o’rtoqlari, hamkasblar qo’shilishadi, yetuklik yoshida shaxsning o’z farzandlari, keksa yoshda esa, oila a’zolarining o’zaro munosabatlari ham mikroomillar jumlasiga kiradi.
Amerikalik psixolog, gumanistik psixologayaning asoschilaridan biri Karl Rodjers (1902-1987), o`zining shaxsning shakllanishiga doir ta`limotida o`z-o`zini baholash tushunchasiga katta e`tibor beradi, bolaning kattalar va o’z tengdoshlari bilan o`zaro faoliyatida o`zi haqidagi tasavvuri hosil bo`ladi, fikrini ilgari suradi.
K.Rodjers, shaxslararo munosabatlar tizimidagi vaziyatlarga, xususan, o`qituvchi va o`quvchi muomala munosabatiga katta ahamiyat beradi, faqat shaxslararo samimiy muomala sharoiti ta`lim sifatini oshirib, shaxsning ijtimoiy-ruhiy rivojlanishidagi to`siqlarni bartaraf etish mumkin, deb hisoblaydi.
K.Rodjers ta`lim berishning an`anaviy usulidan ko’ra, shaxsga yo`naltirilgan ta`lim modelni ilgari suradi, modeldagi eng muhim yo’nalishlar quyidagilardir:

  • o`qituvchi o`z-o`ziga va tarbiyalanuvchilarga hurmat bilan qarashi, ta`lim va tarbiya oluvchilar ongli, ixtiyoriy ravishda bilim olishga intilishlarini zarur;

  • ta`lim va tarbiya uchun ham tarbiyalanuvchi, ham tarbiyachi-murabbiy, o`qituvchi birdek javobgar xisoblanadi;

  • bolalarga bilim asoslari va tarbiya berishda o`qituvchi o’zining shaxsiy tajribasiga tayanadi;

  • sinfda asta-sekinlik bilan o’quv-bilish jarayonida, o’zaro munosabatlarda sog`lom muhit yaratish, unda ta`lim oluvchilarning o`zlari ham bevosita ishtirok etishlari zarur;

  • o`quv-tarbiya jarayonini chuqur o’zlashgirish, bolani hayotiy vaziyatlarga yaqinlashtiradi, shaxs o`z hissiy kechinmalari, intilishlari, salohiyati orqali o’z-o’zini rivojlantirishga yo’nalgan bo`ladi.

Rossiyalik tadqiqotchi Ye.P.Ilyin, gumanistik psixologiyaning shaxs ijodkorligi va kreativlik haqidagi qarashlarini tahlil qiladi. “…Kreativ odamlarga bo’lgan ehtiyoj, - K.Rodjersning fikriga ko’ra, - zamonaviy dunyoda ilmiy kashfiyotlarning ko’payishi tufayli yuzaga keladi. Sust va madaniy jihatdan cheklangan odam, uni o’rab olgan muxit qo’ygan talablar va muammolar oqimiga dosh bera olmaydi. Ijodiy ruhning yetishmasligi, odamning jamiyatga moslasha olmasligi(dezadaptatsiya)ni yuzaga keltiradi…”9

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling