Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich
Keksalik davrida ijtimoiy faollik tizimini o‘zgarishi
Download 1.53 Mb.
|
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash va muhokama uchun savollar
- Fan yuzasidan test savollari 1– variant
13.4. Keksalik davrida ijtimoiy faollik tizimini o‘zgarishi
Keksalik davri(70-75 yosh)da muayyan biologik, psixologik va ijtimoiy o’zgarishlar yuz beradi, boshqa yosh davrlaridagi odamlardan keskin farqlanadigan xususiyatlari yaqqol ko’zga tashlanadi. Mazkur yoshdagi kishilarni jismoniy, aqliy va ijtimoiy faollikka moyil hamda faqat o’zi uchun qayg’uradigan, turmush tashvishlariga ko’nikib qolgan qariyalar guruhlariga ajratish mumkin. Shaxsning ijtimoiy faolligi, uning fahriyalar jamoasining turli-timan tadbirlarida ishtirok etishida, yoshlar bilan o’zaro ushrashuvlarda o’z ifodasini topadi. Qarilik yoshiga o’tish bilan ayrim kishilarda foniy dunyodan umidsizlik tuyg’usi paydo bo’ladi va bu hol faollikni, istiqbol rejalarini tuzishga intilishni susaytiradi, lekin hayotdan zavq olish, «nabirani to’yini o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish, ziyorat amallarini bajarish, yoshlarga hayot maktabidan saboq berish» kabi faoliyat namunalari insonni yanada tetiklashtiradi, jismoniy quvvatga ega bo’lgan qariyalar foydali mehnat bilan shug’ullanishga harakat qiladilar. Takrorlash va muhokama uchun savollar: Keksayish yoshida kechdigan jismoniy, ruhiy va ijtimoiy o’zgarishlar haqida tushuncha bering? Keksalik davrining tavsifnomasi? Nafaqa oldi yoshidagi o’zgarishlar? Nafaqaga chiqqandan so’ng yuzaga keladigan o’zgarishlar? Yosh bosqichlarini izohlab bering? Gerontopsixologiyaning shakllanish tarixi? Gerontogenezning kechish davrlarini ko’rsatib bering? Keksalik davridagi ijtimoiy faollik haqida tushuncha bering? Nafaqaga chiqqandan so’ng yuz beradigan inqirozli vaziyatlarni tavsiflab bering? Fan yuzasidan test savollari 1– variant 1. Davrlashtirishda yosh inqirozlarini asos qilib olgan tadqiqotchi olim? a)D.B.Elkonin; b) L.S.Vigotskiy; s) A.N.Leontyev; d) S.L.Rubinshteyn. 2. Yoshni davrlashtirishda yetakchi faoliyatga urg’u bergan rus psixologi? D.B.Elkonin; b) L.S.Vigotskiy; s) A.N.Leontyev; d) S.L.Rubinshteyn. 3. Chaqaloqlikdan go’daklik davriga o’tishda yuzaga keladigan, kattalarga qaratilgan, o’ziga xos emotsional-harakatli reaksiya bu ...? a) shartsiz reflekslar; b) shartli reflekslar; s) jonlanish kompleksi; d) aqliy harakatlar; 4.”Jonlanish kompleksi”da nechta komponent aks etadi? a) 2 ta; b) 3 ta; s) 4 ta; d) 5 ta; 5. Ilk bolalik davridagi yetakchi faoliyat turi(D.B.Elkonin bo’yicha)? Rolli o’yinlar; b) Bevosita emotsional muloqot; s) Predmetli-harakatli faoliyat; d) Instinktiv harakatlar; 6. Go’daklik davridagi yetakchi faoliyat turi(D.B.Elkonin bo’yicha)? Rolli o’yinlar; b) Bevosita emotsional muloqot; s) Predmetli-harakatli faoliyat; d) Instinktiv harakatlar; 7. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar kimga ishonadilar va kimning fikr-mulohazalariga ko’proq quloq soladilar? a) O’z tengdoshlariga; b) Ota-onasiga; s) O’qituvchiga; d)Begona kishilarga; 8. Bolalik davrining cho’qqisi bu ...? a) Ilk bolalik davri; b) Boqcha yoshi davri; s) Kichik maktab yoshi davri; d) O’smirlik davri; 9. Bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga qaratilgan faoliyat turi bu...? a)predmetli faoliyat; b) o’quv faoliyati; s) bilish faoliyati; d) o’yin faoliyati; 10. O’quvchini faoliyatga undovchi kuch bu...? a)o’quv vazifasi; b)o’quv motivatsiyasi; s)o’quv harakatlari; d)o’quv maqsadlari; 11. O’smirlik yoshida yaqqol ko’zga tashlanadigan xulq-atvor ko’rinishlari? a) dilkashlik, vazminlik, jamoaviylik; b) jizzakilik, xudbinlik, tanqidiylik; s) o’quv faoliyatiga, qiziqish, ota-onani xurmat qilish; d) qiziquvchanlik, rahm-shafqat, mehribonlik; 12. Tez toliqish va charchash qaysi yosh davrida kuzatiladi? a) Ilk bolalik davri; b) Boqcha yoshi davri; s) Kichik maktab yoshi davri; d) O’smirlik davri; 13. O’quvchining ichki olamiga kira olish, xolatini tushunish, idrok etish bu...? a) didaktik qobiliyat; b) perseptiv qobiliyat; s) akademik qobiliyat; d) pedagogik hayol; 14.Qushlarning issiq o`lkalarga uchib ketishi, xayvonlarning tashqi muxitga moslashishi kabi xatti – xarakatlarni qaysi tamoyil orqali izohlash mumkin? a)dominanta tamoyili; b)ong va faoliyat birligi tamoyili; s)determinizm tamoyili; d)psixikaning faoliyatda rivojlanish tamoyili; 15.Shaxsga taaluqli bo’lgan eng muhim tasnif? a) Shaxs-faqat tabiiy ehtiyojlariga ega bo`lgan zot; b) Shaxs-ijtimoiy munosabatlar mahsuli, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham ob`yekt, ham sub`ektdir; s) Shaxs-biologik zotdir; d) Shaxs-o`z faolligini jinsiy mayllar orqali belgilaydigan jamiyat a`zosi. 16. Shaxs fazilatlarining qaytarilmas birikmasi? a) instinktlar; b) individuallik; s) ishtiyoq va qiziqishlar; d) anglanilmagan motivlar. 17. Xalq ertaklaridagi suv parisi, bulbuligo`yo, kentavr (odam boshli ot), sfinks (odam boshli sher) kabi obrazlarning yaratilishi qaysi xayol jarayoni orqali amalga oshiriladi? a) kattalashtirish (giperbolizatsiya); b) aktsentirovka (bo`rttirish); s) agglyutinatsiya (yelimlash); d) tipiklashtirish. 18. Psixikaning reflektor tabiatini ko`rsatib bergan olimni aniqlang? a) Rubinshteyn S.L. b) Leonty’ev A.N. s) Uxtomskiy A.V. d) Sechenov I.M. 19. Maqsad nima? a) faoliyatning tarkibiy qismi; b) ehtiyojlarning ruyobga chiqishi; s) faoliyatning so`nggi natijasi obrazi; d)faoliyat rejasi. 20. Ixtiyorsiz diqqatning nerv - fiziologik asosini nima tashkil qiladi? a)shartli reflekslar b) dinamik stereotip s)Tekshirish refleksi d)”Bu nima” refleksi 21.Tashqi predmetli harakatlardan ichki ruhiy(aqliy) harakatlarga o`tish jarayoni? a) Eksteriorizatsiya; b) Ehtiyojlar; s) anglanilmagan mayllar; d) Interiorizatsiya; 22. Sezgi qanday bilish jarayoni xisoblanadi? a) sezgi mantiqiy aks ettirish; b) sezgi narsa va hodisalarning ayrim xossalarini aks ettirish; s) sezgi miyaning alohida xossasi; d) sezgi tashqi ta`sir va belgilar timsolidir. 23. Birinchi signallar tizimi? a) ko`rish, eshitish, hid bilish, ta`m bilish, teri-tuyish va nutq faoliyati; b) ko`rish, eshitish, hid bilish, ta`m bilish, teri-tuyish analizatorlari; s)bilish jarayonlari; d) til va nutq faoliyati, 24. Muloqot qaysi ehtiyoj turiga kiradi? a)Tabiiy; b) Ijtimoiy; s) Madaniy; d) Ma`naviy. 25. Ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq, faoliyatga undovchi ichki kuch? a) Induktsiya; b) Motiv; s) refleksiya; d) Identifikatsiya. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling