Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


AMNEZIYA (yun. A-inkor yuklamasi, mnema-xotira) -


Download 1.53 Mb.
bet96/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

AMNEZIYA (yun. A-inkor yuklamasi, mnema-xotira) - xotira faoliyatini qisman buzilishi yoki to’liq yo’qolishidan iborat psixopatalogik nuqson. A. holati turli kasalliklar yoki bosh miya qobig’ining zararlanishi natijasida sodir bo’ladi.
ANALIZATOR - tashqi va ichki muhitdan keladigan ta`sirotlarni qabul qilib olib, fiziologik qo’zg’alishni psixik aks ettirishga aylantirib beruvchi nerv tizimi.
ANALOGIYA (yun. analogia-moslik, o’xshashlik) - narsa va hodisalarning bir-biriga o’xshash bo’lgan ayrim belgilariga qarab fikr yuritishdan iborat xulosa chiqarish shakli. Analogik xulosa chin yoki hato bo’lishi ham mumkin.
ANOMALIYA (yun. anomalia-notekislik) - anatomik, fiziologik va psixik funksiyalarning normal taraqqiy etmaganligidan iborat patopsixologik nuqson.
ANTROPOLOGIYA (yun.antropos - odam, logos - ta`limot) - odamning kelib chiqishi, biologik tabiatini o’rganadigan fan. A.ning vazifasi odamning kelib chiqishini, qadimgi va hozirgi morfologik tiplarini, anatomik-fiziologik, irsiy, irqiy, jinsiy hamda yosh xususiyatlarini o’rganishdan iboratdir.
ARTIKULYATSIYA (lot. Articulation-dona-dona qilib, aniq talaffuz qilish) -nutq faoliyati organlari(lablar, til, yumshoq tanglay, tovush paychalari)ning muayyan nutq tovushlarini talaffuz qilish uchun zarur bo’lgan faoliyat.
ASTENIK HISLAR - kishining faoliyati, g’ayrat va shijoatini susaytiradigan salbiy hislar, kechinmalar. Astenik hislar odatda kishi umidsizlikka tushganda, ruhiy tushkunlikka uchragan paytlarda namoyon bo’ladi.
AFFEKT (lot.affectus - ruhiy hayajon, extiros) – affekt, jazava. Affekt holatida ichki organlar faoliyati o’zgaradi, keskin ifodali harakatlar paydo bo’ladi, kishining ong doirasi torayadi, xulqini nazorat qilish qobiliyati yo’qoladi. Kuchli jo’shqin, nisbatan qisqa muddat ichida organizmni qamrab oladigan xissiy xolatlar (qahr, g’azab, jazava, talvasa, qo’rquv, quvonch va boshqalar), affekt xolatida xarakatlar mantiqiy tafakkurga emas, balki xissiyotga bo’ysunadi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling