AKMЕOLOGIYA (grеkcha. gullab, yashnash, cho`qqi) – shaxs taraqqiyotidagi yеtuklik, shaxsning o`z hayoti va faoliyatida, ijodida yuqori ko`rsatkichlarga erishishi bilan xaraktеrlanuvchi, shaxsning yuksaklikka intilishi bilan bog’liq somatik, fiziologik, psixologik va ijtimoiy xolati. Har tomonlama kamolotga erishish, yoshga ham aloqador bo`lib, taxminan 35-40 yoshlarga to`g`ri kеladi.
AUTIZM (grekcha. o’zim) – ushbu atama Shveytsariyalik psixatr E.Bleyler (1857-1939) tomonidan kiritilgan bo’lib, o’zaro munosabat shakllarining buzilishi, real voqelikdan o’z ichki dunyosiga berilishni ifodalaydi, autizm odatda shizofreniyadagi psixik buzilishlarga bog’lanadi. Autizmning klinik bo’lmagan shakli ham uchraydi, unda shaxsning boshqalardan chegaralanib, o’z ichki kechinmalariga berilishi, odamovilik hamda begonalanushuvi kuzatiladi.
BINOKULYAR IDROK (lot. bini-ikki, aculus-ko’z) - narsa va hodisalarni, ularning fazoda tutgan o’rni, shakli, holati va bir-biriga nisbatan munosabatlarini ikki ko’z yordamida (monokulyar idrokdan farq qilib) idrok qilish.
BIOGRAFIK METOD - psixologiyaning ilmiy-tadqiqot metodlaridan biri bo’lib, muayyan bir shaxsning tarjimai holi, tutgan kundaliklari, tavsifnomasi, yozishmalari, esdaliklari va xatlari biografik metodning o’rganish materiallari bo’lib xizmat qiladi. Alohida olingan shaxsning tarjimai xolini, uning xayot yo’lini o’rganishga asoslangan tadqiqot uslubi.
BIOGENETIK QONUN - organizm o’z individual taraqqiyoti(ontegenez)da, ayniqsa embirional bosqichda o’z turiga oid xususiyatlar (filogenez)ni takrorlab o’tadi. Dastlab bu xodisaga Ch.Darvin o’z e’tiborini qaratdi, qonun sifatida E.Gekkel (1866) ishlab chiqdi. Amerikalik psixologlar S.Xoll, Dj.Bolduinlar esa biogenetik qonunni psixik tarraqqiyotning yosh davrlariga to’g’ridan-to’g’ri ko’chirib o’tkazishga xarakat qiladilar.
BIORITMLAR (grekcha. hayot va o’lcham, me’yor) – bioritmlar fiziologik va psixik jarayonlarning kechishida davriy ravishda ro’y beradigan o’zgarishlar. Bioritmik o’zgarishlar sutkalik, oylik, mavsumiy, yillik tarzda ro’y berib turadi. Masalan, sutka davomida biologik uyqu bedorlik xolati bilan almashinib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |