BIXEVIORIZM (inglizcha. behavior - xulq-atvor) - psixologiyada XX asr boshlarida vujudga kelgan oqim. Ushbu oqimning yirik vakillari Djon Uotson va E.Torndayk xisoblanib, ular ongni inkor etib, xulq va tashqi muxit o’rtasidagi bog’liqlikni (S - R) o’rganishni taklif etadilar. Bixeviorizm namoyondalari dastlabki tajribalarini xayvonlarda o’tkazishadi, so’ng aniqlangan qonuniyatlarni to’g’ridan-to’g’ri odamga ko’chirib o’tkazishadi. Tashqi qo’zg’atuvchilar orqali odamda xulq-atvor xislatlarini shakllantirish mumkin deb xisoblashadi, ammo ular maqsad, motiv, tasavvur, tafakkur, o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini idora etish va boshqalarga yetarli baho bera olishmaydi.
BOLALAR PSIXOLOGIYASI - psixologiyaning bolalik davridagi psixik taraqqiyot shart-sharoitlari va xarakatlantiruvchi kuchlari, xissiy, irodaviy va bilish jarayonidagi qonuniyatlar, bolani shaxs sifatida kamol topishini o’rganuvchi alohida tarmog’i. B.p. yosh va pedagogik psixologiya, biologiya, fiziologiya, tibbiyot, pedagogika, oila psixologiyasi kabi fanlar bilan uzviy bog’liq.
DEPRESSIYA - depressiya, tushkunlik, ezilish. Shaxsdagi ruhiy quvvatning pasayishi, kelajakka ishonchsizlik, ezilganlik, tushkunlik xolati. Depressiya turli kasalliklar sababli yoki hayotdagi og’ir vaziyatlar (yaqin kishilarni yo’qotish, muvaffaqiyatsizliklar girdobi va b.)ga dosh berish mobaynida yuzaga keladi.
DINAMIK STEREOTIP - shartsiz va shartli reflekslarning nisbatan barqaror tizimi. Dinamik stereotip bosh miya yarim sharlarida xosil bo’ladigan qat’iy shartli reflekslar yoki muvaqqat nerv bog’lanishlari, asosida tashkil topadi, fanga rus fiziologi, akademik I.P.Pavlov (1932) tomonidan kiritilgan.
Deviant xulq (lotincha. deviatio - og’ish) - deviant tushunchasi og’ish, chetga chiqish degan ma’noni bildiradi, xulqi og’ishganlar deb ham ataladi. Og’ishgan xulq-atvor jamiyatda qabul qilingan huquqiy va axloqiy normalarga zid bo’lgan hatti-harakatlar yig’indisidan iborat. Og’ishgan xulq-atvorga boshqa kishilarga nisbatan tajovuzkorona hatti-harakatlar, jinoyatchilik, giyohvandlik, tamaki mahsulotlari chekish, daydilik, o’z joniga qasd qilish kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |