Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Download 1.53 Mb.
bet99/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

DELINKVENT XULQ - delinkvent so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, «qonun buzuvchi» degan ma’noni anglatadi. Delinkvent xulq kishilarning o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida qonunga zid bo’lgan usullarni tanlash, ruhiy tanglikni bartiraf etish maqsadida jismoniy kuch ishlatish, qurollardan foydalanish, ruhiy zarba berish, jismonan yo’qotish va boshqa hatti-harakatlari yig’ingdisidan iborat.
DINAMIK PSIXOLOGIYA - psixikani yaxlit, faol ichki jarayon sifatida e’tirof etgan psixologiya yo’nalishlardan biri. Psixodinamik yo’nalishda shaxs motivlari, maqsadlari, qiziqishlari, ishtiyoq-mayllari, ichki nizolar, xulq-atvorning anglab yetilmagan xarakatlantiruvchi kuchlariga e’tibor qaratiladi. Ushbu atamadan birinchi marta 1958 yilda Amerikalik psixolog R.Vudvorts foydalangan.
DOMINANTA (lot. dominanta - hukmronlik qiluvchi) - dominanta, xukmronlik, ustunlik. Dominanta markaziy asab tizimida xukmronlik qiluvchi qo’zg’alish markazi, manbadir, ta’limot rus fiziologi, akademik A.A.Uxtomskiy (1875-1942) tomonidan yaratilgan va diqqatning fiziologik asoslarini, tafakkur jarayonlari va boshqa psixik xodisalarni izohlashda muhim o’rin tutadi.
DIZARTRIYA (grekcha. dis - “buzilish”, artchan - biriktirish, ulash) - nutq apparatining kamchiligi bilan bog’liq holda talaffuzning buzilishi. Dizartriyani davolash uchun maxsus logopedik mashg’ulotlar olib boriladi.
GENETIK PSIXOLOGIYA (grekcha. kelib chiqish) - odam va xayvon psixikasining vujudga kelishi va taraqqiyotini o’rganuvchi psixologiya tarmog’i, ontogenez va filogenezdagi o’zgarishlar kuzatiladi, xayvonlar psixikasi, bolaning psixik taraqqiyoti, ongining vujudga kelish shart-sharoitlari tadqiq etiladi.
GERONTOPSIXOLOGIYA (grekcha. keksalik) - psixologiyaning organizmni keksayib borishiga ko’ra psixik xodisalar va jarayonlardagi o’zgarishlarni tadqiq etuvchi sohasi. Gerontopsixologiya involyutsiya jarayonlari(psixik funksiyalarning susayishi, faollikning pasayishi, psixik barqarorlikning kuchsizlanishi)ni aniqlaydi. Grontogenezning evolyutsion omillari qatoriga I.V.Davidovskiy nasliy, ekologik, biologik, ijtimoiy alomatlarni ham kiritadi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling