INTELLEKT(lotincha. tushunish, bilish) - aql-zakovat. Keng ma’noda – odamning aqliy qobiliyati, barcha bilish jarayonlari yig’indisi, tor ma’noda - aql, tafakkur. Shaxsning intellekt tuzilmasida quyidagi tarkibiy qismlar yetakchi sanaladi: tafakkur, xotira va muammoli vaziyatlarda oqilona fikr yuritish.
INTELLEKTUAL XISLAR - insonga xos bo’lgan oliy tuyg’u - intellektual xislar, bilish faoliyati jarayonida, ayniqsa yangi va qiyin vazifalarni hal etishda namoyon bo’ladi. Intellektual xislarga quyidagilar kiradi: yangilikni xis etish, qiziquvchanlik, xayratlanish, gumon, faraz, qoniqish, zavqlanish va boshqalar.
INTERIORIZATSIYA (lotincha. ichki) – tashqi, predmetli xatti-xarakatlarning ichki, aqliy xarakatlarga aylanish jarayoni. J.Piajening fikricha, interiorizatsiya nutqning shakllanishi orqali ro’y beradi. Har qanday faoliyat tashqi harakatlar asosida shakllanadi va motor komponentlardan iborat bo’ladi.
INTROVERSIYA – alohida kishinig o’z ichki dunyosiga berilganligi va unga yo’nalganlik xislati. Introvertlar odatda yopiq, ichimdagini top, kamgap, o’z-o’zini tahlil qilishga moyil bo’ladi, yangi shart-sharoitlarga qiyinchilik bilan moslashadi.
INTUITSIYA (lotincha. ijodkorlik, ko’ra bilish) – intuitsiya(ko’ngil sezishi). Mantiqiy dalillarsiz, muxokamaga berilmasdan oldindan ko’ra bilish, intuitsiya o’ziga xos tafakkur shakli bo’lib, uning ayrim qismlari anglanmagan holda kechadi, faqat olingan natija, yakun ilg’ab olinadi.
INFANTILIZM (lotincha. bolalikka xos) - jismoniy va ruhiy taraqqiyot me’yorlaridan orqada qolish natijasida, organizm tuzilishi va funksiyalarida, ayniqsa xulq-atvorda “bolalarga xos” xislatni saqlanib qolishi, tug’ma yoki orttirilgan bo’lishi mumkin, bunga xomiladorlik davridagi o’zgarishlar, bosh miya va ichki sekretsiya bezlaridagi ayrim kasalliklar sabab bo’ladi.
KATARSIS (grekcha. poklanish) - Aristotelning “Poetika” asarida qo’llanilgan atama: tomoshabinlarning xamdardlik bildirish chog’ida boshdan kechiruvchi xissiy xolati, ruhiyatning taskin topishi. Katarsis so’zi diniy, axloqiy va ruhiyatga aloqador: tangriga ibodat qilgandan so’ng “poklanish”, “taskin topish” xissi.
Do'stlaringiz bilan baham: |