Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


KAUZAL ATRIBUTSIYA (lot. «kausa» -


Download 1.53 Mb.
bet103/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

KAUZAL ATRIBUTSIYA (lot. «kausa» - sabab, «atributto» - in`om etaman) - ijtimoiy persepsiya sub`yektining boshqalarni xulq-atvori va motivlarini talqin etishidir. Odam kuzatish orqali idrok etilayotgan odam haqida batafsil ma`lumotga ega bo`lmasligi tufayli uning xulqidan taxminiy sabablarni qidiradi va noto`g`ri bo`lsa ham persepsiya ob`yektiga «tirkab qo`yadi». Masalan, notanish kishini idrok etishda suby`ektdagi mavjud axborot katta rol o`ynaydi.
KONFORMLIK - kishining guruh ta’siriga beriluvchanligi. Konformlik ham ijobiy, ham salbiy jixatga egadir. Jamoa an’analariga sodiqlik, ko’pchilik fikri bilan xisoblashish, o’zaro hamkorlikda faoliyat ko’rsatish ijobiy axamiyat kasb etsa, moslashuvchanlik, mustaqil fikrga ega bo’lmaslik, o’z shaxsiy o’rnini yo’qotish kabilar salbiy jixatlaridan dalolat beradi.
KREATIVLIK - aqliy yangilanishlar va ijodkorlikka bo’lgan qobiliyat. Shaxsning fikr yuritishida kreativlik muhim o’rin tutadi. Kreativlik qobiliyati muammoga yondashuv hamda keng nuqtai-nazarda izohlanadi: vaziyatga yangilik kritish: mavjud bilimlar doirasidan chetga chiqish; o’zaro uyg’unlikka intilish.
KORREKSIYALASH (tuzatish, to’g’rilash) - nuqsonli bolalarning ruhiy va jismoniy taraqqiyotidagi kamchiliklarni pedagogik va psixologik usullar hamda amaliy tadbirlar yordamida qisman yoki butunlay tuzatish. Korrektsiyalashning aniq maqsadi, vazifalari va usullari bolaning ruhiy taraqqiyotidagi nuqsonlar va alohida xususiyatlariga qarab belgilanadi.
KOSMIK PSIXOLOGIYA (yun. kosmikos - dunyoviy, dunyo bo’shlig’iga oid) - psixologiyaning kosmik parvozlardagi odam ruhiyatiga doir muammolarini tadqiq etish, kosmonavtlarning psixofiziologik xolatini o’rganish, ilmiy jihatdan tekshirish bilan shug’ulanadigan maxsus sohasi.
LIDER (inglizcha. yetakchi) - yetakchi, yo’lboshchi. Guruh a’zosi, guruh uning mavqeini tan oladi va zarur vaziyatlarda qaror qabul qilish huquqini beradi, guruhda rasmiy va norasmiy lider bo’lishi mumkin. Agar rahbar - guruh a’zolarining tashqi ijtimoiy uyushqoqligi va boshqaruvini amalga oshirsa, lider guruhdagi ijtimoiy-psixologik vaziyatlar, shaxslararo munosabatlarni boshqadi, uning faoliyati guruh ruhiyatiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling