Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


Download 1.53 Mb.
bet106/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

ORGANIK SEZGILAR - organizmning ichki muhitida sodir bo’layotgan o’zgarishlarni aks ettiruvchi sezgilar. M: ochlik, chanqoq, og’riq sezgilari.
PATOPSIXOLOGIYA - bosh miyaning zararlanishi yoki uning yetarli darajada rivojlanmaganligi natijasida kelib chiqadigan psixik kasalliklarni o’rganuvchi psixologiyaning maxsus sohasi.
PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA - psixologiyaning yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishning pedagogik muammolarini, ta`lim va tarbiya berish jarayonining psixologik qonuniyatlarini o’rganuvchi alohida sohasi.
PERSEPSIYA (lot. perception - qabul qilish, idrok etish) – idrok etish. Ob`yektiv voqelikni, undagi narsa va hodisalarni sezgi organlarimiz orqali bevosita ravishda yaxlit, bir butun holda aks ettirish.
PSIXOTERAPIYA (yun.psyxe-jon, therapeia-parvarish, davolash) – tibbiyot psixologiyasinig bemorlarni psixik ta`sir ko’rsatish orqali davolash usullarini o’rganish va amaliyotga tatbiq etish haqidagi bo’limi.
PSIXIKA (yun. psychioks -ruhiy, jonga oid) – psixika, ruhiyat. Yuksak darajada tashkil topgan materiya, ya`ni miyaning xossasi, tashqi ob`yektiv olamni aks ettirish; real, ob`yektiv borliqning miyadagi in`ikosi.
PSIXOANALIZ - ruhiy xastalikni davolash usuli va psixologik ta’limot. Psixoanaliz nazariyasi 20-asr boshlarida avstriyalik psxiatr Zigmund Freyd (1856-1939) tomonidan ishlab chiqilgan. Psixoanaliz asosini, inson xulqining negizini lazzat olishga intilish instinkti (libido), ayniqsa ilk bolalik davrida paydo bo’lgan jinsiy mayllar shaxs faolligini belgilaydi degan g’oya tashkil etadi.
RIVOJLANISH - taraqqiyot; oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, miqdor o’zgarishlaridan sifat o’zgarishlariga o`tib borishdan iborat jarayon: psixik taraqqiyot; jismoniy taraqqiyot; aqliy taraqqiyot; ijtimoiy taraqqiyot va x.k.
REAKSIYA – tirik organizmning muayyan tashqi yoki ichki qo`zg`atuvchilarga nisbatan qaytaradigan javob harakatlari.
REALLIK (lot. realis - moddiy) – mavjud borliq; inson ongidan tashqarida mavjud bo’lgan ob`yektiv voqelik, borliq.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling