Namangan davlat universiteti akbarov soxodilla yuldashboyevich


GESHTALTPSIXOLOGIYA (nemischa.obraz, shakl)


Download 1.53 Mb.
bet100/115
Sana04.11.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1747921
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   115
Bog'liq
Ривож ва пед психология ўкув кўлл янги

GESHTALTPSIXOLOGIYA (nemischa.obraz, shakl) – XX asrning ikkinchi o’n yilligida Germaniyada vujudga kelgan, psixologiya yo’nalishlaridan biri. Bu yo’nalish birinchi navbatda nemis tadqiqotchilari Maks Vertgeymer(1880-1943), Kurt Koffka(1886-1941) va Volfgang Keler(1887-1967) nomlari bilan bog’liq. Geshtalt so’zi shakl, yaxlit tuzilma ma’nosini beradi, bu yo’nalish psixikaga, ayniqsa tafakkur va idrok jarayonlariga yaxlit yondashuvni ishlab chiqqan.
GIPOTEZA (grekcha. asosnoma, faraz)gipoteza, faraz. Muammoli savolga ehtimol tutilayotgan javob, isbot va dalil talab etadigan dastlabki xulosa. Faraz umumiy va xususiy bo’ladi, ular o’zaro almashinib turadilar.
GOMEOSTAZ - organizm ichki muxitidagi doimiylikni ushlab turish va saqlash (tana xarorati, qon bosimi va boshqalar). Odamda ushbu muvozanatni buzilishiga qarshi biologik, fiziologik va psixologik mexanizmlar shakllangan bo’ladi.
GRAFOLOGIYA (grekcha. yozaman, ta’limot) - yozuv haqidagi ta’limot, uni yozayotgan shaxsning ruhiy xolati, kechinmalari, yozuvda aks etadi degan nuqtai-nazar. Grafologlar kishining yozuviga, imzosiga qarab uning shaxsi, fe’l-atvori, xissiy kechinmalari to’g’risida ma’lumot olish mumkin deb xisoblaydilar.
GUMANISTIK PSIXOLOGIYA - psixologiya fanidagi zamonaviy yo’nalish. Gumanistik psixologiya o’zini bixeviorizm va psixoanalizga qarshi deb biladi. Ushbu yo’nalishning vujudga kelishi va asosiy tamoyillarining talqin etilishi Amerikalik psixolog Abraxam Maslou(1908-1970) nomi bilan bog’liq. Gumanistik psixologiya inson psixikasini tushunish uchun xayvonlarda o’tkazilgan tajribalar yaramaydi deb ta’kidlaydi, klassik psixoanalizdan farqli ravishda uning ko’rsatishicha, inson tabiatan rahm-shafqatli yoki xolis mavjudotdir; tajovuzkorlik, zo’ravonlik, va boshqa illatlar tashqi muxit ta’siri ostida paydo bo’ladi.
GURUH - ma’lum bir ijtimoiy faoliyat maqsadlari asosida to’plangan, muloqot ehtiyojlari qondiriladigan kishilar uyushmasi. Guruh ikkita mezonga asoslanadi: muayyan bir faoliyat (mehnat, o’qish, o’yin, muloqot, maishiy manfaatlar) hamda u yerda odamlarning o’zaro muloqoti uchun imkoniyatning mavjudligi.
INDIVID - tabiiy jonzot, odam. Homo sapiens turining vakili, filogenetik va ontogenetik taraqqiyot maxsuli, odam o’z turining alohida vakili, tabiiy zot, individ sifatida dunyoga keladi va ijtimoiy muxit ta’sirida shaxs bo’lib ulg’ayadi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling